327
Shuni quvonch bilan ta’kidlashimiz mumkinki, O‘zbekiston
LTE tarmog‘ini tijorat maqsadida ishga tushirgan MDHdagi bi-
rinchi va dunyodagi uchinchi davlat bo‘ldi. 2010-yil 28-iyulda
mamlakatda birinchi LTE tarmog‘ini
ishga tushirganligini haqi-
da “MTS-O‘zbekiston” kompaniyasi xabar qildi. Dastlab tar-
moq 2600MGs diapazonidagi polosadan foydalanadi,
keyinchalik
700MGs va 800MGs diapazonlaridagi polosalardan foydalanish
ko‘zda tutilgan. “MTS-O‘zbekiston” tarmog‘i 100Mbit/sek ga-
cha tezlikda ma’lumot uzatish xizmatlarini taqdim etish uchun
mo‘ljallangan. Kompaniya 2015-yilga kelib butun O‘zbekis-
ton bo‘ylab tarmoq qamrovini tarqatishni rejalashtirilgan. Tizim
uskunalarini Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi yetka-
zib berdi.
Kechroq, 2010-yil 29-avgustida O‘zbekistonning
ikkinchi opera-
tori — Ucell kompaniyasi o‘zining LTE tarmog‘ini ishga tushirgan-
ligi haqida rasmiy e’lon qildi. U ham 100Mbit/sek gacha tezlikda
mobil keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etishini ma’lum qil-
di. Tarmoq 2,6GGs chastota diapazonida
qurilmoqda va keyincha-
lik 700MGs diapazonida ham polosalar olish ko‘zda tutilgan. Ucell
kompaniyasi LTE tarmog‘ini jahonda birinchi bo‘lib 2009-yilning
dekabrida Stokgolm (Shvetsiya) va Oslo (Norvegiya) shaharlarida
ishga tushirgan Telia Sonera korporatsiyasining “qiz”
kompani-
yalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda Ucell kompaniyasi uchun
tayanch uskunalarni Xitoyning ZTE korporatsiyasi yetkazib berdi.
22.2. Raqamli dividend
Raqamli yer sirti uzatish xizmatini 174—230MGs va 470—
862MGs polosalarida rejalashtirish bo‘yicha
Regional bitimga
(“Jeneva-06 rejasi”) va unga bog‘liq raqamli va analog rejalarga
muvofiq O‘zbekiston quyidagi ajratishlarga ega:
• “Jeneva-06” rejasining raqamli qismi hisoblangan raqamli
TV uchun 817
ta chastota ajratishlar, shu jumladan, diapazonlar
bo‘yicha: