336
23-bob. LTE TARMOQLARIDA
XAVFSIZLIKKA TAHDIDLAR
23.1. Abonent uskunasi uchun tahdidlar
LTE tizimida tarmoqning turli elementlari hamda turli da-
rajalaridagi xavfsizlikka tahdidlar bo‘lishi mumkin. Masalan,
tahdidlar abonent uskunalari, ba’zaviy stansiyalar, MME tu-
gunlari, shuningdek umuman mobillikni boshqaruv tizimi-
ga nisbatan bo‘lishi mumkin. Quyida shular atroflicha ko‘rib
chiqiladi.
Mobil abonentning xalqaro identifikatori — IMSI
(ingl. Inter-
national Mobile Subscriber Identity) xalqaro davlat identifikatsiya
kodi
— MCC
(ingl. Mobile Country Code), operator tarmog‘i kodi
— MNC
(ingl. Mobile Network Code) va mobil abonent identi-
fikatori — MSIN
(ingl. Mobile Subscriber Identfication Number)
lardan iborat. IMSIning umumiy uzunligini 15 ta raqamni tashkil
qiladi, ulardan 3 tasi MSSga va foydalanish joyiga qarab, 2 yoki 3
ta raqam MNSga ajratiladi.
Qolgan raqamlar MSINga aloqador. Abonent tarmoqqa himoya-
langan holda ulanishi uchun u o‘z IMSIni jo‘natishi kerak. Biroq
IMSIni o‘zi ochiq ravishda yuboriladi, va shundan kelib chiqadi-
ki, ushbu identifikatorni ilib olish va keyingi hujumlar maq sadida
yoki abonentning harakatlari va foydalanayotgan xizmatlari haqi-
da analitik axborotni yig‘ish uchun ishlatish mumkin.
Bu tahdidni oldini olish uchun AU ishonchsiz tarmoqlar-
ga ochiq IMSIning uzatilishini nazorat qilish imkoniyatiga ega
bo‘lish kerak. Bunga umumiy yoki simmetrik kalit bilan shifrlash-
ni qo‘llash hisobiga erishish mumkin.