• • IP-manzil yo‘qolishi tufayli kuzatuv.
  • • “Xendover”ning signal xabarlariga asoslangan kuzatuv.
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet170/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    23.2. AUni kuzatish tahdidlari
    LTE tizimida quyidagi parametrlar bo‘yicha AUni kuzatish 
    tahdidlari bo‘lishi mumkin:
    • TMSI (ingl. Temporary Mobile Subscriber Identity) — vaq-
    tinchalik identikatorlar bo‘yicha kuzatuv. Bunda hujum qiluvchi 


    337
    AUning TSlar orasidagi harakatlarini kuzatib (va yozib) boradi, 
    lekin hozircha ushbu AUni uning asosiy foydalanuvchi IMSIsi 
    bilan identifikatsiya qila olmaydi (ya’ni, taqqoslay olmaydi). Le-
    kin, keyinchalik, hujum qiluvchi, yashirincha Web-xizmati orqali 
    surov yuborib, AUni IMSIsini bilib olishi mumkin.
    • IMSI/TMSI identifikatorlari va radio tarmoqning vaqtinchalik 
    identifikatori – RNTI (ingl. Radio Network Temporary Identitfier) 
    larni oshkora bo‘lishi tufayli kuzatuv. 2G/3G tarmoqlarining zaif-
    ligi shundaki, TS (shu jumladan, “soxta” TS ham) AU ni har gal 
    qayd etishda (“xendover” paytida yoki TMSI yo‘qolganda) undan 
    o‘z IMSI sini taqdim etishini talab qiladi. Shu sabab, LTE tarmog‘i 
    aralash rejimda ishlaganida AU ning IMSI sini oshkora qilish tahdidi 
    paydo bo‘ladi. Lekin LTE tarmog‘i aralashmagan rejimda ishlaganda 
    ham AU ning “noaktiv LTE” holatidan “aktiv LTE” holatiga har bir 
    o‘tishida TS abonentni TSMIsi va IMSIsi bir-biriga mos tushishini 
    talab qiladi va shu bilan abonentni oshkora qiladi.
    • IP-manzil yo‘qolishi tufayli kuzatuv. Abonent sathida shifrlash 
    tarmoq darajasida (IP-darajada) amalga oshirilishi tufayli AU 
    uchun mo‘ljallangan IP manzillar ma’lumot uzatish jara 
    yoni 
    boshlanishidan oldin ko‘rsatilishi kerak. Va, agar abonentning 
    IP-manzili ancha o‘zoq vaqt saqlansa, u holda TMSI identifika-
    torlarini va IP-manzillar bilan taqqoslash ko‘rinishida passiv hu-
    jum qilish xavfi paydo bo‘ladi.
    • “Xendover”ning signal xabarlariga asoslangan kuzatuv. “Xendo-
    ver” jarayonida “uy” eNB mehmon eNB bilan “xendover” haqida 
    xabarlar almashadi. O‘z navbatida, AU mehmon eNB ga “xen-
    dover” haqida tasdiqlovchi xabar jo‘natadi. Demak, passiv hujum 
    qiluvchi AU o‘z sotasini almashtirgani haqida axborot oladi.

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish