• 3. Foydalanuvchi domeni xavfsizligi
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet176/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    1. Tarmoqqa xavfsiz ulanish abonentlarni mobil aloqa xizmat-
    lariga xavfsiz ulanishlarini ta’minlaydi va ulanish interfeyslariga 
    hujumlardan himoya qiladi. 
    2. Tarmoq domeni xavfsizligi tarmoq tugunlari orasida boshqa-


    344
    ruv va abonent ma’lumotlarining xavfsiz almashuvini ta’minlaydi 
    va simli tarmoqlarga qaratilgan turli hujumlardan himoya qiladi.
    3. Foydalanuvchi domeni xavfsizligi abonent uskunalarining 
    xavfsiz ulanishini ta’minlaydi.
    4. Ilovalar domeni xavfsizligi abonent va operator domenlarida-
    gi ilovalar orasida xavfsiz ma’lumot almashuvini ta’minlaydi.
    5. Xavfsizlik tizimining ko‘rgazmaliligi va sozlanuvchanligi foy-
    dalanuvchiga xavfsizlik funksiyalari faolligini kuzatish hamda 
    xizmatlarga ulanishning qaysi holatlarida xavfsizlik funksiyalari 
    qo‘llanishi kerakligini bilish imkonini beradi.
    Xavfsizlikning har bir funksiyasi o‘z ichiga yoki qo‘shimcha 
    xiz matlarni, yohud bir yoki bir nechta mobil aloqa xizmatlarini 
    taqdim etuvchi tarmoq funksiyalarini oladi. LTE/SAE tarmoqlari-
    da xavfsizlikni ta’minlash funksiyalari qo‘llanishida quyidagi aso-
    siy masalalar hal qilinadi:
    1. Abonentni autentifikatsiyalash va so‘ralgan xizmatlarni 
    ko‘rsatish imkoniyatini tasdiqlash yordamida LTE tarmog‘i xiz-
    matlaridan ruxsatsiz foydalanish holatlaridan himoyalanish.
    2. Davriy identifikatorlar va shifr kalitlari yordamida abonent 
    autentifikatsiyasining himoyalanganligini ta’minlash.
    3. Shifrlash yordamida abonent ma’lumotlarining maxfiyligini 
    ta’minlash.
    4. Signalizatsiya xabarlaridagi ma’lumotlarni autentifikatsi-
    yalashni ta’minlash.
    5. Tarmoqlarni mobil terminallari tomonidan autentifikatsi-
    yalashni ta’minlash.
    6. Mobil terminallarni identifikatsiyalash.
    Ushbu masalalarning oxirgisini batafsilroq ko‘rib chiqamiz:

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish