350
muhim srategik vosita bo‘lib qolmoqda: u mehnat unumdorligini
oshirmoqda (xizmatchilar korporativ axborotlarga har doim va
har joyda ulana olishadi, yangiliklar haqida tezroq xabardor bo‘li-
shadi), mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirmoqda
(mijozlar talablarini tezroq qabul qilib, ularni tezroq qondirish
mumkin) va raqobatli afzalliklarni yaratmoqda (axborot almashu-
vi tezligini oshirish va shu bilan qaror qabul qilish tezligini ham
oshirish mumkin).
Simsiz texnologiyalarning rivojlanishida uy foydalanuvchilari-
ning ahamiyati katta. Uy tarmog‘ida qancha ko‘p uskuna bo‘lsa,
ularni bog‘laydigan simlar ham uyni shunchalik kuchli o‘rab oladi.
Va bu simsiz texnologiyalarga o‘tishga sabab bo‘ladi. Zamonaviy
uyning komfortlik (qulaylik) darajasini oshirish, ya’ni uning bar-
cha tuzilmalari va obyektlarini (kompyuterlar, televizor, raqamli
fotokamera, uy musiqiy markazi, qo‘riqlash tizimi, iqlim tizimi,
maishiy texnika va boshqalar) bir tizimga birlashtirish – bu “aqlli
uy” g‘oyasining asosidir va bunda simsiz texnologiyalardan foyda-
lanish ko‘zda tutilgan.
Bu yerda shuni ta’kidlab ketish zarurki, keng polosali simsiz
texnologiyalarning rivojlanishi axborot xavfsizligini ta’minlash
masalalarini yanada dolzarb qiladi. Simsiz tarmoqlar ishlatilgan-
da asosiy tahdidlar xabarlarni, parollarni, kredit kartochkalar no-
merlarini ilib olish, to‘langan ulanish vaqtini o‘g‘irlash, kommu-
nikatsion markazlar ishiga aralashish va boshqalar hisoblanadi. Bu
muammolar aloqa standartlarini takomillashtirish jarayonida hal
qilinadi.