364
bilan birlashmoqdalar. Ko‘pchilik guruhlar ko‘ngilli yordamlarga
va homiylar ko‘maklariga to‘liq asoslangan holda Wi-Fi tarmoq-
larini qurishmoqda.
Uncha katta bo‘lmagan ba’zi davlatlar (masalan, Tonga qi-
rolligi va Estoniya) va shaharlar aholi yashash joylaridan Wi-Fi
xot-spotlariga bog‘lanish orqali Internetga erkin ulanishni bar-
chaga taqdim etmoqda. Masalan, Parijda Ozone Paris Wi-Fi tar-
mog‘ini o‘rnatishda o‘zining uyini tomini foydalanishga bergan-
larga Internetga cheklanmagan ulanish taqdim etilmoqda.
Ko‘plab universitetlar o‘z talabalari, tashrif buyuruvchilar va
universitet hududidagi barcha shaxslar uchun Wi-Fi tarmog‘i
orqali Internetga erkin ulanishni ta’minlamoqda. Bunday tarmoq-
lar Toshkent axborot texnologiyalari universitetida va Toshkent
temiryo‘l tranporti muhandislari institutida ham ishlab turibdi.
Shuningdek, erkin ulanishni faqat o‘z a’zolariga taqdim eta-
digan va a’zo bo‘lmaganlarga ulanishni to‘lov asosida beradigan
jamoalar va tashkilotlar yaratgan boshqa toifadagi tarmoqlar ham
ko‘pgina. Bunday variantga Finlandiyaning Sparknet tarmog‘i
misol bo‘lishi mumkin. Sparknet tizimi foydalanuvchilar o‘z
ulanish nuqtalarini tarmoqqa qo‘shib, bundan ma’lum bir foyda
olish imkonini beradigan Open Sparknet loyihasini ham
qo‘llab-quvvatlaydi.