Wi-Fi texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

24.5.1. Wi-Fi texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari
Wi-Fi texnologiyasining asosiy afzalliklari sifatida quyidagilarni 
keltirish mumkin:
• zamonaviy tarmoqlarning tezligi ancha yuqori (300Mbit/sek 
va undan ham yuqori) bo‘lib, bu juda keng masalalarda ulardan 
foydalanish imkoniyatini beradi;
 Wi-Fi standartlarining ochiqligi turli ishlab chiqaruvchilar 
jihozlarining o‘zaro moslashuvini ta’minlaydi, natijada jihozlarni 
narxini kamaytirishga olib keladi;
 Wi-Fi texnologiyasi kabel o‘rnatish samarali bo‘lmagan yoki xat-
to mumkin bo‘lmagan joylarda aloqa o‘rnatish imkoniyatini beradi;
 tarmoqlarni kabel o‘tkazmay yaratish imkoniyati ularni qu rish 


360
va kengaytirishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga olib keladi;
 tarmoqlarni tezkor ravishda tashkil qilish imkoniyati masofali 
konferensiyalar o‘tkazishda yoki ofisdan tashqarida ishlashda juda 
qo‘l keladi;
 ulanish nuqtalari orasida abonent uskunalarining harakatlanish 
imkoniyatini beradigan “rouming” xizmatini qo‘llab-quvvatlanishi;
 global darajada yagona standartlashtirishning mavjudligi tu-
fayli butun dunyo bo‘ylab turli davlatlarda Wi-Fi jihozlarining 
ishlatilishi imkoniyati.
Wi-Fi texnologiyasining kamchiliklariga quyidagilarni kiritish 
mumkin:
 Wi-Fi tizimlari cheklangan ishlash radiusiga ega (oddiy uy 
Wi-Fi marshrutizatori 802.11b yoki 802.11g standartida binoni 
ichida 45 m gacha va bino tashqarisida 90 m gacha ishlash radi-
usiga ega);
 real vaqt masshtabida ishlaydigan ilovalar uchun kam ya-
roqliligi (masalan, IP-telefonida qo‘llaniladigan RTP protoko-
li uchun). Media oqimning sifatini oldindan aytib bo‘lmaydi 
chunki foydalanuvchiga bog‘liq bo‘lmagan qator omillar sa-
babli (atmosfera xalaqitlari, landshaft va foydala nilgan chasto-
talar) ma’lumot uzatishda ko‘p yo‘qotishlar bo‘lishi mumkin;
 hatto bexato konfiguratsiyada ham WEP shifrlash algo-
ritmi buzilishi nisbatan oson (shifrlash kalitining kuchsiz ligi 
tufayli). Yangi abonent uskunalari takomillashtirilgan WPA-2 
shifrlash protokolini qo‘llab-quvvatlasada, ko‘plab eski UNlar 
uni “tan olmaydi” va WEPga almashtirilishini talab qiladi;
 chastota diapazonlari va ishlash bo‘yicha cheklashlar tur-
li davlatlarda bir xil emas (masalan, Yevropadagi bir qancha 
ajratilgan chastotaviy kanallar AQSHda taqiqlangan. Italiyada va 
ko‘plab Yevropa hamda MDH davlatlarida bino tashqarisida ish-
laydigan barcha Wi-Fi tarmoqlarni yoki bevosita Wi-Fi opera-
torlarni qayd qilish talab qilinadi); 
 turli ishlab chiqaruvchilarning uskunalari orasida to‘liq mos-
lashuv yo‘qligi yoki ularni standartga to‘liq muvofiq emasligi tu-


361
fayli ulanish imkoniyatlari cheklanishi yoki aloqa tezligi kama-
yishi mumkin;
 bir xil kanalda yoki qo‘shni kanallarda ishlaganda yopiq yoki 
shifrlashni ishlatadigan UN va ochiq UN signallarining ustma-ust 
tushishi ochiq UNga xalaqit qilishi mumkin (bu muammo UN 
larning katta zichligida, masalan, katta ko‘p xonadonli uylarda 
vujudga kelishi mumkin); 
 boshqa standartlarga qaraganda ko‘proq energiya iste’mol 
qilinishi batareyalarning ishlash vaqtini kamaytiradi va uskuna-
ning haroratini oshiradi.

Download 8,51 Mb.
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Wi-Fi texnologiyasining afzalliklari va kamchiliklari

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish