362
tomonidan ishlab chiqilgan, shuningdek WPA-2 protokoli sifa-
tida ma’lum bo‘lgan yangi IEEE 802.11i standarti paydo bo‘ldi
[37]. IEEE 802.11i standarti simsiz tarmoqlarning xavfsizligi uchun
uzoq muddatli va kengaytirilgan yechim hisoblanadi va WEP kam-
chiliklaridan xoli bo‘lgan tamomila yangi xavfsizlik tizimi deb ata-
ladi. IEEE 802.11i standarti simsiz uskunalar xavfsizligi bo‘yicha
qo‘shimcha imkoniyatlar ta’minlashni ko‘zda tutgan “kuchaytiril-
gan tarmoq xavfsizligi” — RSN
(ingl. Robust Sekurity Network) kon-
sepsiyasini ishlatadi. Bu esa apparat qismida va dasturiy ta’minotda
o‘zgarishlarni talab qiladi va shu bilan RSNga to‘liq mos lashadigan
tarmoqlarni WEP protokolini ishlatadigan mavjud jihozlar bilan
moslashmaydigan qilib qo‘yadi. Shunday qilib, bir qancha vaqt
ham RSN, ham WEP jihozlari qo‘llab-quvvatlanadi, keyinchalik
esa WEPli uskunalar ishlatishdan umuman chiqarib tashlanadi.