365
Bu vazifalarni bajarish uchun WiMAX tarmog‘ini tashkil etish-
ning turli variantlari ko‘rib chiqilgan.
Umumiy holatda WiMAX
tarmog‘i topologiyasi quyidagi ko‘rinishda tasvirlanadi (25.1-
rasm).
Ofis tarmoqlari
WiMAX
tayanch
stansiyasi
WiMAX tayanch
stansiyasi
WiMAX tayanch
stansiyasi
Avtomobil
yo‘llari
10–66 GGs
10–66 GGs
2–11 GGs
2–11 GGs
Tuman tarmoqlari
Uzoq joylashgan
qishloqlar
25.1-rasm. WiMAX tarmog‘i topologiyasi.
WiMAX tizimlarida avval magistral liniyalarni tashkil etish
uchun 10–66MGs chastota diapazonidan foydalanish ko‘zda
tutilgan, hozirgi foydalaniladigan versiyalarida esa 2 dan 11 MGs
chastota diapazonida 3,5; 5; 7,5; 8,75 va 10
MGs kanal keng-
ligida ishlaydi. Bunda
±
10
-6
chegarada chastota barqarorligini
ta’minlash zarur. Tarmoq tayanch stansiyalari binolar tomlarida
yoki machtalarda joylashtiriladi.
Shuningdek, turli baland in-
shootlardan, simyog‘ochlardan va, hattoki, daraxtlardan tayanch
366
stansiyalarni o‘rnatishda foydalanish mumkin. Biror hududdagi
ko‘p sonli abonentlarga keng polosali simsiz ma’lumotlar
uzatish
xizmatini taqdim etish uchun WiMAX tayanch stansiyalari abo-
nent uskunalari bilan “nuqta-ko‘p nuqta” topologiyada aloqani
amalga oshiradi (25.2-rasm).
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi
Foydalanuvchi
Elektrmanba
25.2-rasm. “Nuqta-ko‘p nuqta” rejimida WiMAX
tarmog‘i topologiyasi.
Bu chizma bo‘yicha TS WiMAX
abonenti uskunalari yordami-
da foydalanuvchilar bilan bog‘lanadilar, keyin signal Ethernet-ka-
bel standarti bo‘yicha yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri aniq kompyuterga,
yoki IEEE 802.11 (Wi-Fi) ulanish nuqtasi orqali qabul qilinadi.
Bu WiMAX orqali kabelli ulanishdan simsiz ulanishga o‘tishda
mavjud hudud yoki ofis tizimidagi lokal tarmoqlarning infrastruk-
turasini saqlab qolish imkonini beradi.
Bundan tashqari komp-
yuterlar ulanishi uchun standart texnologiyalardan foydalanuvchi
tarmoqlarni yoyishni maksimal darajada kengaytirish imkonini
beradi.
Uzoqlashtirilgan obyektlar orasida keng polosali simsiz aloqani
tashkil qilish uchun “nuqta-nuqta” rejimidan foydalaniladi (25.3-
rasm).
367
25.3-rasm. “Nuqta-nuqta” rejimidagi WiMAX
tarmog‘ining topologiyasi.
“Nuqta-nuqta” rejimida turli tarmoq ko‘rinishlari va
ularning
kombinatsiyalaridan foydalaniladi. 25.4-rasmda WiMAX tizimi
uchun qo‘llaniluvchi turli ko‘rinishdagi tarmoq topologiyalari tas-
virlangan.