358
Simsiz tarmoq tashkil etish
uchun Wi-Fi adapter boshqa
adapterlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatishi ham mumkin.
Bunday tarmoq “bir darajali” yoki “Ad Hoc”
(ingl.“ushbu holat
uchun”) deyiladi. Adapter shuningdek, UN orqali aloqa o‘rnatishi
ham mumkin, u holda bunday rejim “infratuzilmali” deyiladi.
Ulash uslubini tanlash uchun adapter Ad Nos yoki infratuzilmali
rejimlardan biriga sozlanishi kerak.
Ulanish nuqtasi deb (24.5-rasm) ichiga o‘rnatilgan mikro-
kompyuter va qabul qilgich/uzatkichdan iborat bo‘lgan avtonom
modul nomlanadi.
Ulanish nuqtasi orqali adapterlar
orasida simsiz axborot al-
mashuvi va o‘zaro hamkorligi, shuningdek, tarmoqning simli seg-
menti bilan aloqa amalga oshiriladi.
Shunday qilib, ulanish nuqtasi
ko
mmutator rolini o‘ynaydi. UN tarmoq interfeysiga
(ingl. up-
link port) ega va uni yordamida u oddiy simli tarmoqlarga ulani-
shi mumkin. Aynan mana shu interfeys
orqali UNni sozlash ham
mumkin. UN ham abonentlar (Wi-Fi-adapter) bilan ulanish uchun
(tayanch rejim), ham simsiz taqsimlangan tarmoq — WDS
(ingl-n
Wireless Distributed System) yaratish maqsadida boshqa UNlar bi-
lan ulanish uchun ishlatilishi mumkin. O‘z navbatida WDS rejimi
“nuqta-nuqta”, “nuqta-ko‘p nuqta”, “simsiz kliyent” va “takror-
lagich” turlaridagi aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi.
24.5-rasm. Ulanish nuqtasi.
359
Tarmoqqa ulanish efirga keng qamrovli signallarni uzatish yo‘li
bilan ta’minlanadi. Bunda Wi-Fi-adapter
bir necha UNlar qamrov
zonasida bo‘lib, ulardan signallar olishi mumkin. Adapter olinadi-
gan signallarni filtrlash va ulardan o‘ziga tegishli UNni ajratishi
uchun xizmat ko‘rsatish zonasi identifikatori SSID
(ingl. Service
Set Identification)dan foydalanadi. Xizmat ko‘rsatish guruhi
(ingl.
Service Set — SS) deb simsiz tarmoqda ulanishni ta’minlaydigan
(odatda, Ad Hoc rejimida) mantiqiy guruhlantirilgan uskunalar
aytiladi. Tayanch xizmat ko‘rsatish
guruhi deb (ingl. Basic Ser-
vice Set, BSS) UNlar orqali bir-birlari bilan bog‘langan abonent
stansiyalari to‘plami aytiladi. Bunda ikki rejim ajratiladi: bevosita
BSS va ESS
(ingl. Extended Servise Set). BSS rejimida
barcha
tarmoq tugunlari faqat bitta UN orqali o‘zaro ulanishlari mum-
kin. Bunda UN, shuningdek, tashqi tarmoqlar bilan ko‘prik
rolini
ham bajarishi mumkin. Kengaytirilgan — ESS rejimida esa simsiz
tarmoq bir necha BSS-tarmoqlar infratuzilmadan tashkil topgan
bo‘lib, UNlar bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishadi va bu bir BSS-
dan boshqasiga trafik uzatish imkoniyatini beradi.
Bunda UNlarni
o‘zaro ulanishi kabel liniyalari yoki radioko‘priklar orqali amalga
oshiriladi.