WiMAX tizimi va IMT-2000 dasturi




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

26.2. WiMAX tizimi va IMT-2000 dasturi
Ma’lumki, Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (HTI) 3G 
— uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini uyg‘unlashtirish 
maqsadida, ya’ni mobil aloqa standartlarini ko‘p sonli bo‘lib 
ketishini oldini olish va ularning global miqyosda o‘zaro ishlay 
olishi uchun IMT-2000 dasturini joriy etgan edi. 2006-yilning 
noyabrida IEEE 802.16 standartlarining asosi hisoblangan yangi 
IP-OFDMA radiointerfeysining ushbu dasturga qo‘shish haqida 
(ITU–R WP8F/ITU–R Pro.WP/ 1065) IEEE tomonidan tak-
lif kiritilgan [39]. 2007-yilda HTI IMT-2000 dasturi doirasida 
to‘rtta turli ulanish texnologiyalari (FDMA, TDMA, CDMA va 
OFDMA)ga asoslangan oltita radiointerfeyslarni o‘z tarkibida 
tasdiqlagan. Bularga quyidagi radiointerfeyslar kiradi:
 CDMA-Direct Spread — spektrni to‘g‘ridan to‘g‘ri kengay-
tirish asosida ishlaydigan CDMA texnologiyasi. UTRA radioin-
terfeysi, shuningdek, W-CDMA texnologiyasi sifatida ma’lum. 
UMTS va FOMA standartlarida qo‘llaniladi.
 CDMA-Multi Carrier — bir nechta eltuvchilar asosida ish-
laydigan CDMA texnologiyasi. CDMA-2000 standartlar oilasida 
qo‘llaniladi.
 CDMA-TDD — vaqt bo‘yicha dupleks asosida ishlaydigan 
CDMA texnologiyasi. UTRA TDD radiointerfeysi. TD-SCDMA 
standartida qo‘llaniladi.
 TDMA-Single Carrier — bir eltuvchi asosida ishlaydigan 
TDMA texnologiyasi. UWC-IS-136 standarti qo‘llanilishi ko‘zda 
tutilgan.
 FDMA-TDMA — FDMA va TDMA texnologiyalarining 
qo‘shilishi. DECT standartida qo‘llaniladi.
 IP-OFDMA — IP protokolini qo‘llab-quvvatlaydigan bir 
necha ortogonal eltuvchilar asosida ko‘p sonli ulanish texnologi-
yasi. FDD chastota bo‘yicha dupleks asosidagi OFDMA radioin-
terfeysi. WiMAX va LTE standartlarida qo‘llaniladi.
OFDMA kanallarni ajratish texnologiyasi WiMAX standar-


375
tini mobil versiyasining asosi sifatida qabul qilingan. OFD-
MAning afzalligi yana shundaki, u istiqbolli MIMO, STC va 
yo‘naltirish diagrammalarini shakllantirish kabi samarali an-
tenna texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi tufayli yangi mobil 
va keng polosali simsiz aloqa tizimlarini yaratish uchun asos 
hisoblanadi.
Eslatib o‘tish kerakki, WiMAX tizimi avvalambor ma’lumot 
uzatishga asoslangan keng polosali simsiz ulanish texnologi-
yalarining rivoji hisoblanadi, aksincha, LTE tizimi esa dast-
lab ovoz uzatishga asoslangan sotali aloqa texnologiyalariga 
qarashlidir. Lekin bu jarayonda borgan sari keng polosali va 
mobil aloqa tizimlarining konvergensiyasi (bir-biriga yaqin-
lashishi) yanada yaqol kuzatilmoqda, xususan, WiMAX tex-
nologiyasi katta mobillikka intilmoqda, LTE tizimi esa o‘ta 
yuqori tezlikda ma’lumot uzatish imkoniyatlari tomon rivoj-
lanmoqda (26.1-rasm).
Nutq uzatishga
mo‘ljallangan
Iqtisodiy samaradorligi
Ma’lumot uzatishga
mo‘ljallangan
Yuqori 
o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati
3G/UMTS
mobil WiMAX
Terminal portativligi
Bir-birini qoplash
maydoni
Yuqori
mobillik
qobiliyati

Download 8,51 Mb.
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish