378
ning barcha rejalarini asosi bo‘lib qoldi. 2003-yilning dekabri-
da Jeneva shahrida o‘tkazilgan WSIS ning birinchi sammiti-
da “Raqamli tengsizlik” deb axborot va kommunikatsion tex-
nologiyalarga tengsiz ulanish imkoniyatlari nazarda tutildi.
AKTga tengsiz ulanish deganda, birinchi navbatda davlatlar
orasidagi farq (xalqaro raqamli tengsizlik), masalan, rivojlan-
gan va rivojlanayotgan mamlakatlar
yoki hududlar orasidagi
farq tushuniladi. Shuningdek tengsiz ulanish davlatlar miqyosi-
dagi (milliy raqamli tengsizlik) jarayon sifatida ham aniqlanadi
va bunda qishloq va shahar orasidagi, oliy ma’lumotli va kam
ma’lumotlilar orasidagi, aholining kambag‘al
va boy qatlamlari
orasidagi farq tushuniladi [40].
Provayderlar va Internetdan foydalanuvchilar soni yoki turg‘un
va mobil telefonlar soni kabi oldindan aniqlangan mezonlar aso-
sida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, shuningdek, rivojlangan
va rivojlanayotgan davlatlarda so‘nggi yillarda bo‘layotgan o‘zga-
rishlarning tahlili asosida bu masalaning hozirgi ahvoliga turli-
cha baholar berildi.
Bir tarafdan, ham davlatlararo, ham dav-
latlar miqyosidagi “Raqamli tengsizlik” o‘sib bormoqda, degan
fikrlar bo‘lsa, boshqa tarafdan, aksincha boy va kambag‘al dav-
latlar orasida “Raqamli tengsizlik” qisqarmoqda,
degan fikrlar
bo‘ldi. Turli xalqaro tashkilotlar (HTI yoki Jahon banki guruhi)
e’lon qilgan rasmiy hisob-kitoblarga murojaat qilinsa ma’lum
bo‘ladiki, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar orasida AKT-
ga ulanishdagi tengsizlik mavjud va hali ham jiddiy muammo
bo‘lib turibdi.
O‘zicha asosli bo‘lgan bunday qarama-qarshi fikrlarning mav-
judligiga qaramasdan, ulanish imkoni borligi va uning sifati, ya’ni
aloqa infratuzilmasini yaratilishi har xil
davlatlarda AKT ni tezkor
va ishonchli rivojlanishiga asosiy omillar deb hisoblanadi. 2005
-yilda HTI “Raqamli tengsizlik”ni qisqartirish uchun hamkorlikni
rivojlantirish maqsadida WSIS doirasida global darajada ko‘plab
tashkilotlar tomonidan birgalikda o‘tkaziladigan “Olamni ulaylik”
(ingl. Connect the World) deb nomlangan tashabbusni boshladi.
379
Bu tashabbusning maqsadi hozirgi vaqtda hatto oddiy telefon alo-
qasiga ulanishga ham ega bo‘lmagan insonlarga AKT – xizmatla-
rini taqdim etishdan iboratdir.
Shu munosabat bilan WiMAX forumi ming yillik rivojlanish
maqsadlariga erishish uchun barcha talablarga javob beradigan
yangi simsiz aloqa standartlarini qisqa
vaqtda ishlab chiqishga
kirishgan. Bu maqsadlar qatoriga “Taraqqiyot uchun global ham-
korlikni rivojlantirish”
(ingl. Develop a Global Partnership for De-
velopment) ham kiradi [41]. Ushbu maqsad har bir inson axborot-
lar va bilimlardan foydalanish, ularni yaratish,
ularga ulanish va
ular bilan almashish imkoniyatiga ega bo‘lishi hisobiga jamoalar
va xalqlarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish va ularning
turmush darajasini oshirishga imkon beradi. Shu munosabat bilan
WiMAX texnologiyasi 2015-yilga borib WSIS ning quyidagi vazi-
falarini bajarishga chaqirilgan: