355
24.3.1. Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi
Yuqorida aytib o‘tilganidek, WLAN sinfidagi
tarmoqlarning yago-
na standarti ustida ishlar IEEE instituti qoshida yaratilgan 802.11
ishchi guruhi doirasida boshlangan edi. Wi-Fi texnologiyasining ilk
namunasi 1991-yilda Nivegeyn shahrida (Niderlandiya) NCR Cor-
poration/AT&T (keyinchalik Lucent va Agere Systems) kompani-
yasi tomonidan ishlab chiqildi. Uskuna dastlab kassa apparatlarida
ishlatish uchun mo‘ljallangan va bozorga WaveLAN nomida chiqa-
rilgan edi. O‘shandayoq bu uskunalar 1 dan 2Mbit/sek gacha ma’lu-
mot uzatish tezligini ta’minlay olardi. Wi-Fi
texnologiyasini asosiy
ishlab chiquvchisi — janob
Vik Xeyz (Vic Hayes) “Wi-Fi otasi” degan
nom oldi va keyingi IEEE 802.11b, 802.11a va 802.11g standartlarini
ishlab chiqishda qatnashgan jamoaning a’zosi bo‘ldi [34].
1997-yilda IEEE 802.11 belgisini olgan birinchi Wi-Fi standarti
paydo bo‘ldi. Bu standart radiochastota va infraqizil to‘lqinlarida
ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, 1 va 2 Mbit/sek ma’lumot uza-
tish tezliklarini taqdim etdi. Radiochastota kanalida chastotalarda
sakrash
(rus. перескок) hisobiga spektrni kengaytirish
(ingl. Fre-
quency Hopping Spread Spectrum, FHSS ) va to‘g‘ri ketma-ketlik
hisobiga spektrni kengaytirish (
ingl. Direct Sequence Spread Spec-
trum, DSSS) usullari ishlatildi.
Ammo, hatto 1997-yil uchun ham 1–2Mbit/sek tezliklar yetar-
li bo‘lmadi va 802.11 guruhi yangi yuqoriroq tezliklarni taqdim
etadigan standartlarni ishlab chiqish ustida harakatlar boshladi.
Bu vaqtga kelib ko‘plab davlatlarda Wi-Fi tarmoqlari uchun HTI
tomonidan tavsiya etilgan 2400—2483,5MGs va 5150—5350MGs
diapazonlaridagi polosalarga ruxsat berildi
va har ikkala diapazon-
larda standartlar yaratish ustida parallel ishlar olib borildi.
Dastlab 1999-yilning 16-sentyabirida 2,4GGs diapazoni-
ga mo‘ljallangan va ma’lumot uzatish tezligini nazariy jihatdan
33Mbit/sekga oshirgan IEEE 802.11b standarti paydo bo‘ldi.
Ishlatilgan asosiy modulyatsiya/kodlash SSK
(ingl. Complemen-
tary Code Keying) usuli 11 Mbit/sekgacha tezlikni ta’minladi va
356
qo‘shimcha PBCC
(ingl. Packet Binary Convolutional Coding) pa-
ketli binar o‘rashli kodlash
(rus. сверточное кодирование) usuli
tezlikni 22 va 33Mbit/sek gacha oshirdi.
5GGs diapazoni uchun mo‘ljallangan IEEE 802.11a standarti
“11b” versiyasidan
keyinroq, ya’ni 1999-yilning sentyabrida, pay-
do bo‘lsa-da, lekin xarakteristikalari bo‘yicha undan o‘zib ketdi.
U 54Mbit/sek gacha ma’lumot uzatish tezligiga erishdi. Bunga
o‘sha paytda prinsipial yangi bo‘lgan OFDM mexanizmidan foy-
dalanish tufayli erishildi.
2003-yil iyunida IEEE 802.11b standartining takomillashtirilgan
versiyasi —IEEE 802.11g paydo bo‘ldi. U “11b”ning chastota diapa-
zonida ishlar edi, va “11a”ning tezligini (ya’ni 54 Mbit/sek) ta’minlar edi.
Nihoyat 2009-yilning 11-sentyabrida uzoq kutilgan IEEE 802.11n
standarti dunyoga keldi. Uni paydo bo‘lishi
Wi-Fi texnologiyalari-
da yangi “sakrash” bo‘ldi. “11n” standartida MIMO texnologiyasi,
MAS-paketlarni agregatsiyalash usuli, 40MGs chastotalar polosasi-
dan foydalanish kabi ko‘plab texnologik yangiliklar qo‘llanildi va bir-
galikda bu standartdagi yuqori ma’lumot uzatish tezligini ta’minladi
(nazariy jihatdan 600Mbit/sek gacha). “11n” standarti avvalgi bar-
cha standartlar (ya’ni, “a”, “b” va “g” versiyalari)
bilan moslasha
oladi va bugungi kunga kelib (2011-yilning boshi) dunyoda eng ko‘p
tarqalgan Wi-Fi standarti bo‘lib qoldi [35].
Hozirgi vaqtda o‘zining xarakteristikalari bo‘yicha 4G tex-
nologiyalari talablariga mos bo‘la oladigan standartning keyingi
versiyasi, xususan IEEE 802.11ac standarti ustida ishlar olib bo-
rilmoqda.