357
nuqtasi o‘z tarmoq identifikatorini
(ingl. Service Set Identifier, SSID)
maxsus signalli paketlar yordamida har bir 100 ms da 0,1Mbit/sek
tezlikda uzatadi (demak, Wi-Fi tizimlari uchun ma’lumot uzatish
tez ligining eng kichik ko‘rsatkichi 0,1Mbit/sek hisoblanadi). Tarmoq
SSIDsini bilgan adapter bu UN ga ulanish mumkinligini aniqlashi
mumkin. Bir xil SSID li ikkita UN ning ta’sir etish zonasiga tushgan-
da adapter signal darajasiga asoslanib ulardan birini tanlashi mumkin.
Wi-Fi standarti abonent uskunasiga UN bilan ulanish va “rouming”
uchun mezonlarni tanlashda to‘la erkinlikni beradi.
24.5. Tarmoqning asosiy elementlari
Simsiz tarmoqni qurish uchun Wi-Fi adapterlar va ulanish
nuqtalari ishlatiladi.
Adapter (24.4-rasm) PCI, PCMCIA, Compact Flash kengay-
tirish slotlari va USB 2.0 porti orqali ulanadigan uskuna hisobla-
nadi.Wi-Fi-adapter simli tarmoqdagi tarmoq kartasi (rus. сетевая
карта) kabi funksiyalarni bajaradi, ya’ni foydalanuvchi kompyu-
terini simsiz tarmoqqa ulash uchun xizmat qiladi.
Intel ning Centrino platformasi tufayli barcha zamonaviy nout-
buklar ko‘plab Wi-Fi standartlari bilan moslasha oladigan adap-
terlar bilan jihozlangan. Wi-Fi adapterlari bilan hozirgi kunda
barcha zamonaviy KPK (cho‘ntak personal kompyuterlari) va
smartfonlar ham jihozlangan va bu ham o‘z o‘rnida texnologiyani
ommaviy bo‘lishiga xizmat qiladi.