143
Mavjud va kelajakda takomillashtirilgan sotali aloqa tizimlar-
da sinxron yoki asinxron variantda amalga oshiriluvchi spektr ning
to‘g‘ridan to‘g‘ri kengaytirilishi ustun qo‘llaniladi. Bu ikkita DSSS
modifikatsiyalarining farqi ancha sezilarlidir. Birinchi usulni barcha
individual adres ketma-ketliklarni (signaturalarni) sinxronizatsiyalash
imkoni bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Signaturalar alohida abo-
nentlarga shunday taqdim etiladiki, qabul qilish tomonda turli abo-
nentlarning signallari o‘zaro vaqt siljishlarga ega bo‘lmasligi kerak.
“Pastga” deb nomlanuvchi liniyaga shunga o‘xshash holat xarakter-
lidir. Bu yerda aniq bir vaqtning o‘zida, ya’ni BTSdan turli xil MSga
uzatilgan signallar bitta trassa bo‘ylab o‘zaro kechikmasdan keladi.
K abonentning
axborot signali
kodlar ketma-ketligi
C
i
(t)-D
i
(t)
C
i
(t)-D
i
(t)
D
i
(t)
C
i
(t)
Tg=T
t
t
t
C
i
(t)