173
raqam li standartlardan biri hisoblanadi. Dastlab so‘zlashuv (nutq)
ni analogli uzatish uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, keyinchalik
esa u kelib chiqqan talablarga muvofiq raqamli turga o‘zgartirildi.
EDACS standarti ham bir zonali, ham ko‘p zonali tizimlar
tuzishning imkonini beradi. Ular tayanch stansiyalari (BTS)dan,
tarqatilgan qabulning uzoqlashtirilgan punktlaridan, ko‘p stan-
siyali muvofiqlashtiruvchi (ko‘p zonali konfiguratsiya uchun) va
abonent qurilmasidan tashkil topgan. BTS tarkibiga qabul qi lish-
uzatish retranslyatori (RT) va boshqaruvning taqsimlangan qu-
rilmasi (BQ)ga qo‘shimcha markaziy boshqaruv kompyuteri, dis-
petcherlik pultlari va umumiy foydalanish telefon tarmoqlarining
UFTT interfeysi kiradi.
Standart MS va BQ o‘rtasidagi kerakli axborot almashinuvi
uchun yuqori tezlikli (9.6 kbit/s) ajratilgan boshqaruv kanali (BK)
dan foydalanib, kanallarni chastotali bo‘lishni ko‘zda tutadi. BK
mavjudligi aloqa kanalini tez (masalan, bir zonali tizimda bu vaqt
0.25 s dan oshmaydi) tashkil etish imkonini beradi. Qayd qilish
lozimki, ishchi kanalda axborotni uzatish tezligi ham 9.6 kbit/s
mos keladi.
Abonent radiostansiyasi
BSC
radiostansiyasi
Ma’lumotlar
terminali
Kompyuter
MODEM
MODEM
MAP 27
MAP 27
MAP 27
MAP 27
SS
MS
Turg‘un radiostansiya