G tizimlarining rivojlanish tarixi




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

11.7.1. 3G tizimlarining rivojlanish tarixi
Yangi (uchinchi) avlod mobil aloqa tizimlarini yaratish ish-
lari 1986-yillardanoq xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi (HTI) 
doirasida boshlangan edi. Usha paytdayoq FPLMTS (ingl. Future 
Public Land Mobile Telecommunications System –”Umumiy foyda-
lanuvdagi quruqlikdagi mobil aloqa istiqbolli tizimi”) nomi ostida 
yagona standart konsepsiyasi ishlab chiqilgan edi. 1992-yilda HTI 
tarkibidagi radiochastotalar bo‘yicha butun dunyo ma’muriy kon-
ferensiyasi (WARC-92) FPLMTS tarmoqlarini rivojlanti rish uchun 
global ravishda 2GGs diapazonida 230MGs chastotalar polosasini 
ajratdi. Bundan Yer usti tizimlari uchun 170MGs (1885–1980MGs, 
2010–2025MGs va 2110–2170MGs) hamda kelgusida qurilajak 
sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimlari uchun 60MGs (1980–2010MGs 
va 2170–2200MGs) polosalar ajratildi [23]. Yangi avlod aloqa 
tizimlari konsepsiyasini rivojlantirish jarayonida uning yaratuv-
chilariga shu ayon bo‘ldiki, Yer usti aloqa tarmoqlari bilangina 
global aloqa qamrovini ta’minlashni iloji bo‘lmaydi va bu faqatgi-


187
na sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari yordamida amalga oshirilishi 
mumkin. Shuning uchun, 1995-yilda HTIda ikkita dasturni, ya’ni 
yuqorida ta’kidlangan FPLMTS va GMPCS (ingl. Global Mobile 
Personal Communications by Satellite – “Global yo‘ldoshli aloqa per-
sonal tizimi”)ni birlashtirib, “Butun dunyo mobil aloqa tizimi” – 
IMT–2000 (ingl. International Mobile Telecommunications) dasturini 
yaratish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bunda “2000” soni tasodi-
fan tanlanmadi: u dasturning ishga tushish yili, unda ishlatilishi re-
jalashtirilgan radiochastota diapazoni (MGsda) va ko‘zlangan ma’lu-
mot uzatish tezligi (kbit/sek da) kabi ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq. 
Shunday qilib, IMT-2000 – bu Yer usti va yo‘ldoshli aloqa 
manfaatlarida to‘liq xizmatlar to‘plamini taqdim etuvchi milliy, 
regional va xalqaro tarmoqlarni tatbiq etishda ko‘maklashuvchi va 
standartlashtirish bo‘yicha uzoq muddatli dastur shaklida qabul 
qilindi. 
3G tarmoqlarini rivojlantirish rejasida ikkita: diskriminatsion 
va nodiskriminatsion yondashuv ishlab chiqilgan edi. Birinchi 
yondashuvda, jami ajratilgan chastota resurslari barcha ishtirok-
chilar orasida tengga teng taqsimlanishi ko‘zda tutilgan edi. Ik-
kinchi holda, bir necha istiqbolli texnologiyalar ajratib olinishi 
va kelgusida faqat ularni rivojlantirish taklif etilgan edi. Lekin, 
konsepsiyani ishlab chiqish bosqichidan aniq loyihalarga o‘tish 
jarayonida turli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar manfaatlarini 
yagona standart doirasida birlashtirishning ilojisi yo‘qligi yaqqol 
ko‘rinib qoldi.
IMT-2000 standartlarini yaratish ustida olib borilgan ishlar 
shuni ko‘rsatdiki, o‘sha davrda faqatgina umumiy tavsiyalarni 
ishlab chiqish masalalari muvaffaqiyatli yechilishi mumkin ekan. 
2G tarmoqlaridan 3G tarmoqlariga o‘tish evolyutsiyasining tah-
lili jahonning turli regionlaridagi ayrim apparatura ishlab chiqa-
ruvchilar manfaatlarida jiddiy farqlar mavjudligi va ularni bir-
lashtirishning deyarli imkoniyati yo‘qligini ko‘rsatdi. Masalan, 
bir qator taqdim etilgan uchinchi avlod Yer usti va yo‘ldoshli 
aloqa tizimlarining loyihalarida keltirilishicha, amalda bir xil 


188
darajadagi xizmatlar taqdim etilsada, biroq radioulanish uslubla-
rida prinsipial turli, ya’ni TDMA va CDMA texnologiyalaridan 
foydalanilgan. Shular sabab, ushbu bosqichda har xil loyihalarni 
birlashtirish va jahon miqyosida yagona standart yaratish imkoni 
bo‘lmadi. 
1998-yilga kelib, HTI qoshida Yevropa, Shimoliy Amerika va 
Osiyo-Tinch okeani mintaqasining ko‘plab hududiy va milliy 
tashkilotlari ishtirokida olib borilayotgan yangi texnologiyalarni 
standartlashtirish jarayoni to‘liq tugatildi. Uchinchi avlod tizim-
lariga yagona talablarni ishlab chiqish va moslashtirishga qator 
muvaffaqiyatsiz urinishlardan so‘ng, HTI bu muammoga o‘zga-
cha yondashishga qaror qildi. Xususan, uning yangi konsepsiya-
si, “global rouming” g‘oyasini saqlab, uni yangi IFS (ingl. IMT-
2000 Family of Systems) nomini olgan uchinchi avlod tizimlarini 
mavjud analog va raqamli tarmoqlari bilan birlashtirish uchun 
g‘oyaviy asos sifatida ishlatish bo‘ldi. Bir necha standartlar gu-
ruhini qabul qilgan va bu bilan global xalqaro standarti g‘oyasi-
dandan voz kechgan HTI bu standartlarni yaqinlashtirishga 
(garmonizatsiya) o‘z urinishlarini faollashtirdi. Shunday qilib, 
dunyoda uchinchi avlod darajasida bir emas, balki standartlar 
oilasi vujudga keldi.
Dunyoda ilk bor 1996-yilda Ericsson kompaniyasi tomoni-
dan Chista (Shvetsiya) shahrida W-CDMA texnologiyasi 
asosida 3G tajribiy tarmog‘i qurilib, ishga tushirildi. Bu tex-
nologiya Yevropada universal aloqa tizimi bo‘lgan UMTS – 
Yer usti mobil segmenti loyihasiga asos bo‘ldi. CDMA-2000 
asosidagi birinchi tarmoq 2000-yil oktyabr oyida Janubiy 
Koreyada SK Telecom hamda LG Telecom kompaniyalari 
tomonidan ishga tushirildi. FOMA (W-CDMA)ning ilk tar-
mog‘i 2002-yilda Yaponiyada NTT DoCoMo kompaniyasi 
tomonidan ishga tushirildi. Yapon operatorlarini W-CDMA 
texnologiyasida abonent sig‘imi yuqoriligi qiziqtirdi. Birin-
chi TD-SCDMA tarmoqlari esa 2006-yildan boshlab, Xitoy-
da ishga tushirildi.


189
O‘zbekistonda birinchi 3G tarmoqlarini yaratish ishlari 2007- 
yildan boshlandi. 2008-yilning oxiriga kelib, ikki operator (MTS 
va Bilayn) 3G tarmoqlarini tijorat maqsadida foydalanishga 
tushirishi hamda Internetga keng polosali ulanish xizmatlari-
ni taqdim etishi haqida e’lon qildi. Uchinchi operator (Ucell) 
o‘zining 3G tarmog‘ini 2009-yilda ishga tushirdi. Shuningdek, 
O‘zbekistonda 800MGs va 450MGs diapazonlarida CDMA-
2000 standarti asosida ishlovchi ikki tarmoq (Perfectum Mobile 
va UzMobile) faoliyat olib bormoqda.

Download 8,51 Mb.
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish