Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

11.4. 3,75G avlod standartlari
3GRR doirasida HSPA texnologiyalari xarakteristikalarini 
yaxshilash bo‘yicha ishlar davom etdi va natijada 2007-yil ning 
oxirida “Takomillashtirilgan HSPA” yoki HSPA+ (ingl. Evolved 
High-Speed Packet Access), deb nomlangan versiya ishlab chiqil-
di. Bu texnologiya HSPA standartining keyingi bosqichi hisobla-
nadi va unga MIMO antenna texnologiyalari bilan bir qatorda, 
murakkabroq 64-QAM modulyatsiya sxemalari qo‘shilgan. Shu 
bois HSPA+ tarmoqlarida nazariy jihatdan “pastga” yo‘nalishda 
56Mbit/sek gacha va “yuqoriga” yo‘na lishda 22Mbit/sek gacha 
bo‘lgan tezliklarga erishish mumkin bo‘ldi. Ushbu texnologiya 
ma’lumot uzatish tezligini 168Mbit/sek gacha oshirish poten-


182
sial imkoniyatiga egaligi taxmin qilinmoqda. Texnologiyada bir 
necha eltuvchi chastotalarda (har biri 5MGs dan) bir vaqtda 
uzatish va qabul qilish prinsipi ham ishlatilishi mumkin, bu nar-
sa tezlikni bir necha marta oshirib berishi mumkin. Opsional 
ravishda HSPA+ tarmoqlari to‘liq IP-arxitekturasi asosida (ingl. 
all-IP–architecture) qurilishi mumkin, bu BSlarni IP-protokol-
lar asosida qurilgan magistral liniyalarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash 
imkoniyatini beradi. HSPA+ texnologiyasida AUlar akkumulya-
torlari tejamliroq ishlatiladi va ularning “kutish” rejimidan 
“faol” rejimiga o‘tish vaqti sezi larli qisqaradi. 
HSPA+ texnologiyasi 3GRR loyihasi standartlarining 7- va 8- 
bosqichlari (relizlari)ga (ingl. 3GRR Rel. 7 & 8) kiradi. 
HSPA+ texnologiyasi asosidagi birinchi tarmoq 2008-yil-
da Avstraliyaning Telstra kompaniyasi tomonidan Ericsson 
(Shvetsiya) uskunalari yordamida ishga tushirildi. 2011-yilning 
may oyida jahonning 65 davlatida 123 ta HSPA+ tarmoqlari 
bor edi [19]. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish