• 11.7. 3G — uchinchi avlod sotali aloqa tizimlari 3G atamasi
  • Mobil aloqa tizimlari evolyutsiyasi




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Mobil aloqa tizimlari evolyutsiyasi
    Mobil 
    aloqa 
    avlodlari
    1G
    2G
    2,5G
    3G
    3,5G
    4G
    Ishlar 
    boshlani-
    shi yili
    1970
    1980
    1985
    1990
    <2000
    2000
    Ishga 
    tushirish 
    yillari
    1984
    1991
    1999
    2002
    2006–
    2007
    2009–
    2012
    Ko‘rsati-
    layotgan 
    xizmatlar
    Analog 
    standart-
    lar
    Raqamli 
    standart, 
    SMS, 
    9,6kbit/
    sek 
    ma’lu-
    mot 
    uzatish 
    tezligi
    Tarmoq-
    ning kat-
    ta hajmi, 
    ma’lu-
    motlarni 
    paketli 
    uzatish
    Tarmoq-
    ning 
    yanada 
    katta 
    hajmi, 2 
    Mbit/sek 
    gacha 
    tezlik
    3G 
    tarmoq-
    laridagi 
    tezliklarni 
    oshirish
    Katta 
    hajmli, 
    IP-aso-
    sidagi 
    tarmoq, 
    multi-
    media, 
    yuzlab 
    Mbit/sek 
    tezlik
    11.7. 3G — uchinchi avlod sotali aloqa tizimlari
    3G atamasi bilan (ingl. third generation – “uchinchi avlod”) 
    ma’lumot uzatish va Internet tarmoqlariga yuqori tezlikda mo-


    185
    bil ulanish bilan birga, ma’lumot uzatish kanalini yaratuvchi ra-
    diotexnologiya yordamida foydalanuvchilarga bir qator xizmatlar 
    to‘plamini taqdim etuvchi sotali aloqa tizimlari nomlanadi.
    3G tizimlari mobil aloqaning turli xizmatlari, “global rou ming” 
    hamda multimediyaning keng imkoniyatlarini, jumladan: video-
    telefoniya va videokonferensiya xizmatlari; Internet va intranet-
    ga (ya’ni ichki tarmoqlarga) yuqori tezlikda ulanish; turli xildagi 
    biz nes, ko‘ngilochar va ilmiy xizmatlarga aloqador ma’lumotlar-
    ni uzatish kabilarni taqdim etadi. Ushbu tizimlar abonentlar-
    ning harakatlanish tezligi cheklanmagan holatida 

    64kbit/sek, 
    harakatlanish tezligi cheklangan holatda (piyoda yurgandagi tez-
    lik) — 384kbit/sek, abonent harakatlanmagan holatida esa 2Mbit/
    sek gacha bo‘lgan tezliklarda ma’lumot uzatish imkonini beradi. 
    3G tizimlarining ikkinchi avlod (2G) tarmoqlaridan asosiy farqi 
    ham katta hajmdagi ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatish imkoni-
    yatidadir. Bu esa o‘z navbatida mobil aloqani sifat jihatdan yangi 
    darajaga ko‘taradi: bir tomondan abonent Internetga to‘laqonli 
    ulanish, videoaloqa xizmatlari, yuqori tezlikda ma’lumot uzatish 
    imkoniyatlariga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan — ope 
    ratorlar 
    an’anaviy aloqa xizmatlaridan daromad olish bilan birga, turli 
    xildagi qo‘shimcha xizmatlarni ko‘rsatish hisobiga yangi daromad 
    manbalariga ega bo‘ladilar. 3G tizimlari — videotelefon aloqasini 
    tashkil etish, mobil telefon yordamida filmlar hamda turli teledas-
    turlarni tomosha qilish imkonini ham beradi.
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, dunyoda 3G standartlarining 
    asosiy ikki oilasi: W-CDMA (UMTS, FOMA) hamda CDMA-
    2000 texnologiyalari asosidagi tizimlari mavjud. UMTS stan darti 
    asosan Yevropada, FOMA — Yaponiyada, CDMA-2000 esa 
    Amerika va Osiyo qit’alarida tarqalgan. Shuningdek, asosan Xi-
    toyda tarqalgan TD-SCDMA standarti ham 3G texnologiyalari 
    oilasiga kiradi. 
    Mobil aloqa qurilmalarini ta’minlovchilarning global uyush-
    masi 

    GSA (ingl. Global Assocuation of Mobile Suppliers)ning 
    ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilning may oyida butun dunyodagi 


    186
    3G va 3,5G tarmoqlari soni 710 tani tashkil etgan, bu esa dunyo-
    dagi barcha sotali aloqa tarmoqlarining 25% ni tashkil etgan [21]. 
    Bunda 400 ta tarmoq W-CDMA texnologiyasi asosida qurilgan 
    bo‘lib, ushbu tarmoqlardagi abonentlar soni 684 mln ni tashkil 
    etgan. Shu bilan birga 323 tadan oshiq tarmoqlar CDMA-2000 
    standartlar oilasi asosida qurilgan va ularda abonetlar soni 561 
    mln ni tashkil etgan. Shu jumladan 245 ta tarmoq EV-DO (Rel.0, 
    Rev. A, B) standarti asosida qurilgan [22].
    3G tizimlarining imkoniyatlari yakkaxon mijozlar uchun ham, 
    jamoa bo‘lib foydalanuvchi (korporativ) mijozlar uchun ham mobil 
    aloqadan foydalanishning yangi qirralarini ochadi. Yuqorida ta’kid-
    lab o‘tilgan Internetga ulanish hamda videoaloqa xizmatlaridan 
    tashqari, 3G abonentlari korporativ tarmoqlarga masofadan turib 
    ulanishlari ham mumkin. Va, bu bilan, mobil aloqaning uchinchi 
    avlodi ofisda ishlashning an’anaviy tarzini tubdan o‘zgartiradi. 

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish