• 12-bob. 3G STANDARTLARI CDMA STANDARTI 12.1. KSAT 3G konsepsiyasining asosiy nizomlari
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet92/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Nazorat savollari:
    1. 3G tizimlariga tavsif bering va WiMAX tizimlarining qisqa-
    cha rivojlanish tarixini bayon eting.
    2. 3G tizimi va IMT-2000 dasturi qanday o‘zaro ta’sirlashadi?
    3. WiMAX va Wi-Fi tizimlarining farqi qanday?
    4. WiMAX tizimlarining asosiy xarakteristikalarini keltiring. 
    WiMAX tizimlarining qo‘llanilish sohalarini bayon eting. WiMAX 
    tizimlarining qanday asosiy afzalliklari va kamchiliklari mavjud?
    5. HiperMAN va WiBro standartlari haqida so‘zlab bering.
    6. 3.5G standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif) bering. 
    7. IEEE 802.16e standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif) 
    bering. 
    8. IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarining qanday 
    umumiy xossalari va asosiy farqlari mavjud? 


    190
    12-bob. 3G STANDARTLARI CDMA STANDARTI
    12.1. KSAT 3G konsepsiyasining asosiy nizomlari
    Mobil aloqa avlodlari: “birinchi” (1G), “ikkinchi” (2G, 2.5G), 
    “uchinchi” (3G). (G – generation inglizchadan – “avlod”) 
    Hozirgi vaqtda keng ko‘lamda foydalanilayotgan KSATning 
    ikkinchi avlodi (2G)dan uchinchi avlod 3G ning asosiy farqi ax-
    borotni katta tezlikda va katta hajmda uzata olishidir. Bu esa alo-
    qani yangi sifatli darajada amalga oshiradi. Bir tomondan abonent 
    Internet, videokonferensiya va boshqalarga to‘laqonli kirib foy-
    dalanish imkoniga ega bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa opera tor 
    faqat ko‘rsatilgan aloqa xizmatlari uchun emas, balki turli kon-
    tentlar, foydali axborotlar va servislar hisobiga xizmat haqi olishga 
    erishadi.
    3G tarmoqlarining abonentlarga xizmat taqdim etishi mo-
    bil aloqadan foydalanishdagi imkoniyatlarining keng ko‘lamlari 
    ochilmoqda, buning ustiga ham xususiy abonentlar uchun, ham 
    yirik korporatsiyalar uchun mobil telefon to‘g‘risidagi tushuncha-
    lar o‘zgarib, u hayotning barcha jabhasida kerak bo‘ladigan ko‘p 
    funksiyali qurilmaga aylanayapti.
    Qayd etib o‘tilgan Internet xizmatlari va videokonferensiya 
    aloqaga kirishlardan tashqari 3G abonentlari uzoqdan turib kor-
    porativ tarmoqlardan foydalanishlari mumkin. Sotali aloqaning 
    uchunchi avlodi mobil faoliyat tushunchasini tubdan o‘zgartiradi. 
    Xodim o‘z vazifalarini xohlagan joyda bajarishi mumkin, bunga 
    xatto uydan chiqmasdan ham erishishi mumkin. Tassavur qiling-
    ki, siz katta tezlikda harakatlanayotgan poyezda shaharga keta-
    yapsiz, bunda siz hamkasblaringiz bilan videokonferensiya o‘tka-
    zishingiz yoki notanish hududning joyi to‘g‘risida to‘liq xaritasi 
    bilan ma’lumot olishingiz mumkin, bundan tashqari butun vaqt 
    davomida hamkasblaringiz va yaqinlaringiz bilan aloqada qolasiz.
    3G xizmatlarining muhim elementlaridan biri mobil elektron ti-
    jorat bo‘lib bunda mahsulotlar va xizmatlar haqini mobil telefon 


    191
    orqali to‘lash mumkin. Shunday qilib u virtual sarmoya manbayiga 
    aylanadi. Bundan tashqari telefon shaxsiy mobil shifokor bo‘lishi 
    ham mumkin, ishlab chiqaruvchilar tibbiy tashxis xizmatini uzoq-
    dan turib amalga oshirish ustida jiddiy tadqiqotlar olib bormoqda. 
    Inson va uning yashash turar joylarining xavfsizligini va xabardor-
    ligini ta’minlash masalasi yangi pog‘onaga ko‘tariladi. 3G abonent-
    ning qayerdaligini aniqlovchi xizmatlarni taqdim qiladi va siz hech 
    qachon notanish shaharda adashib qolmaysiz. To‘g‘ridan to‘g‘ri 
    mobil telefon displeyiga o‘rnatilgan videokameralardan ke ladigan 
    tasvirlar orqali uy yoki idorani kuzatish mumkin.
    3G tarmog‘i asosida bir dunyo foydali yechimlarni o‘ylab topish 
    qiyin emas. Aytaylik yirik kompaniyaning savdo agentlari shaxsiy 
    kompyuter komplekti bilan birga 3G telefonlari bilan ta’minlash 
    imkonini beradi. Shuning natijasida ular xohlagan do‘konlardan 
    3G telefonlar orqali kompaniyaning aloqa tarmog‘iga ulanish 
    yo‘li bilan iste’mol qilinuvchi mollar omboriga yoki zaxiralar-
    ga kirishi va mahsulotlarga kerakli miqdorda buyurtma berishi 
    mumkin. Xalqaro elektroaloqalar ittifoqida (MSE) yangi tex-
    nologiyalarni standartlash jarayoni tugadi, bunda Yevropa, Shi-
    moliy Amerika va Osiyo Tinch okeani mintaqalarining ko‘pgina 
    xalqaro va mintaqaviy tashkilotlari qatnashishdi. Uchinchi av-
    lod tizimlariga qo‘yilgan yagona talablarni ishlab chiqarish va 
    kelishish bo‘yicha qator natijasiz urinishlardan so‘ng MSE bu 
    muomoni yechishga boshqa tomondan yondoshishga qaror qildi. 
    Yangi konsepsiyaning 3-chi avlod standartining yangi oilasiga 
    asoslangan IFS(IMT-2000 Familiy of Sustems) belgisini olgan 
    tizimlarini mavjud analogli va raqamli tarmoqlar bilan faqat 
    ideologik asoslar sifatida birlashtirish uchun global roumingni 
    saqlab qolish masalasi qo‘yildi. Bitta standart emas, balki stan-
    dartlar oilasini qabul qilib, bu bilan global xalqaro standartlar-
    ning tamoyillaridan voz kechib, MSE ularni uyg‘unlashtirishga 
    qaratilgan o‘zining urinishlarini faollashtirdi.
    3-avlod standartlarining butun tizimlari CDMA texnologiyalari 
    asosida quriladi. 


    192

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish