197
Keyinchalik Z ning qiymati bo‘sag‘aviy Z
o
qiymat bilan taqqos-
lanadi. Korrelyatsion integralning hisoblanishi korrelyator yoki
moslashtirilgan filtr yordamida amalga oshiriladi (12.3-rasm).
Korrelyatorning vazifasi keng polosali kiruvchi signal spektrini
uning etalonli nusxasiga U(t) ko‘paytirish va keyinchalik 1/T po-
losada filtrlash yo‘li bilan “siqishdan” iborat. Bu esa korrelyator
chiqishidagi signal/shovqin munosabatni kirishdagiga nisbatan 8
marta oshiradi.
Kirish signali X (t) bilan tayanch signal U(t) korrelyatorga kelib
tushganda, STK elementining teng davomliligi siljishida chiqish
signali amplitudasi pasayadi va “O” ga tenglashadi. Korrelyator-
ning chiqish signal amplutudasining o‘zgarishi korrelyatsion funk-
siyaning turi bilan aniqlanadi. Agar kirish va tayanch STK orasida
siljish bo‘lmasa, unda u avtokorrelyatsion funksiya (AKF), siljish
bo‘lganda esa o‘zaro korrelyatsion funksiya (O‘KF) deb ataladi.
N=15 li M — ketma-ketlikning strukturasi, uning davriy AKF (b)
va nodavriy AKF (v), ya’ni davriy vaqt bo‘yicha davom etmay-
digani 12.4-rasmda keltirilgan.
u(t)
1
1,0 R(t)
1/N
1,0
t
0
T
T
-T
t
t
a)
b)
d)