Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

12.4-rasm. N=15 li M – ketma-ketlikning strukturasi (a), 
davriy AKF (b) va nodavriy AKF (d).


198
Bundan kelib chiqqan holda, “yaxshi” avtokorrelyasion va 
o‘zaro korrelyatsion funksiyalarga ega bo‘lgan signallar ansam-
blini tanlash, korrelyatsion qayta ishlash yo‘li bilan (KPS o‘rami) 
signallarning bo‘lib ajratilishini ta’minlashi mumkin, bu esa aloqa 
kanallarini kodli ajratish tizimini qurishning asosiy prinsipi bo‘lib 
hisoblanadi.
Amaliyotda sotali aloqa tizimlarida, asosan spektrni to‘g‘ri 
kengaytirish yo‘li bilan olingan KPS qo‘llaniladi, kanallarning 
farqi esa chastotalar spektrini kengaytirish uchun qo‘llaniluv-
chi psevdo tasodifiy ketma-ketlik shakli bilan aniqlanadi. Bun-
day shakllangan radiosignal faza bo‘yicha manipulyatsiyalangan 
KPS deb ataladi.
PTK turini tanlash signallar ansamblining o‘zaro va avtokorrel-
yatsion tavsiflariga, uning hajmiga, qabul qilgichdagi signallarni 
tashkil qiluvchi va “siquvchi” qurilmani amalga oshirishning sod-
daligiga bog‘liq. Qayd qilingan shartlarni chiziqli M ketma-ketlik 
va uning segmentlari ko‘proq qoniqtiradi, signallar ansamblining 
hajmini kengaytirish uchun esa ko‘pincha PTK qismlariga Uolsh 
ketma-ketligini qo‘shish bilan amalga oshiriladi.
CDMA standartining KSAT tizimlarini yaratishdagi asosiy 
muammo, bu kichik gabaritli, kam quvvat sarflovchi va ko‘p funk-
siyali KPS “siquvchi” qurilmalarini ishlab chiqarishdir. Shu payt-
ga kelib, bu maummo turli xil firmalar tomonidan muvaffaqiyatli 
yechilmoqda, jumladan, Amerikaning Qualcomm firmasi tavsi-
yasi bilan AQSHda CDMAli KSAT tizimi uchun IS-95 standar-
ti qabul qilindi. Yevropada RACEning turli dasturlarida CODIT 
(code division testted) loyihasi ishlab chiqildi, uning asosiy maq-
sadi CDMA standartida uchinchi avlod UMTS/FPLMTSdan 
foydalanish imkoniyatidir.

Download 8,51 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish