Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

12.2. Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali 
foydalanish. CDMA standarti 
CDMA standarti (Code Division Multiple Access) asosida 
kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana 
olish texnologiyasi yotadi. CDMA tizimlarida har bir ovoz oqimi 
o‘zining yagona noyob kodi bilan belgilanadi va bir vaqtning o‘zi-
da boshqa ko‘plab kodlashtirilgan ovozlar oqimi bilan birgalikda 
bitta kanalda uzatiladi. Qabul qiluvchi tomon signalni shovqin-
dan ajratish uchun aynan shu koddan foydalanadi. Ko‘plab ovozli 
oqimlar orasidagi yagona farq bu noyob koddir. 
Qoidaga asosan kanalning kengligi juda katta bo‘lib, har bir 
ovoz oqimi diapazonning butun spektrini egallaydi. Mazkur tizim 
kengligi 1,23 MHz bo‘lgan kanallar to‘plamidan foydalanadi. 
Ovoz 8,55 Kbit/s tezlikda kodlashtiriladi, ammo ovoz aktivligini 
va kodlashtirishning turli tezliklarini aniqlash jarayoni ma’lumot-
lar oqimini 1200 bit/s gacha kamaytirishi mumkin. CDMA tizim-
larida signal quvvatining o‘lchami ekstremal past bo‘lishiga qara-
masdan juda mustahkam va himoyalangan barqaror bog‘lanishlar 
o‘rnatiladi. Nazariy jihatdan signal o‘lchami shovqin darajasiga 
qaraganda kuchsiz bo‘lishi mumkin. 
Kengaytirilgan spektrli signallardan foydalanishga asoslangan 
kodli foydalana olish texnologiyasida odatda, o‘zaro “yaxshi” 
korrelyatsiyalanish xossalariga ega bo‘lgan kodli psevdotasodifiy 
ketma-ketlik (PTK)lar negizida tashkil etilgan fazaviy manipul-
yatsiyalangan signallar qo‘llaniladi. Turli PTKlardan foydalana ol-
ish CDMA tizimi abonentlariga chastotalarning umumiy polosa-
sida ishlash va har qanday kanaldan foydalanish imkonini beradi. 
CDMA standart texnologiyasining asosiy ustunliklariga: signalni 
o‘ramga aylantirish jarayonida oddiy shovqinga transformatsiyala-
nadigan tor polosali xalaqitlarga nisbatan yuqori xalaqitga chidamli-
lik, radioto‘lqinlarning ko‘p nurli tarqalishiga ega kanallarida yuqori 
spektral effektivlik, abonent bir zonadan boshqasiga ko‘chib o‘tganda 
kanallarni ohista almashib ulash (hand over-xendover) kiradi. Tar-


193
moqdagi barcha tayanch stansiyalar bitta chastotada ishlaydi, shuning 
uchun chastotaviy rejalashtirish zaruriyati yo‘q. Abonent stansiyalari 
(mobil stansiyalar) quvvatlarining sochilishiga bo‘lgan yuqori sezgir-
lik va tayanch stansiyalarni sinxronlash zaruriyati (IS-95 standarti) 
mazkur texnogiyani joriy etishdagi asosiy qiyinchiliklardir. Tayanch 
stansiyalarni sinxronlashda GPS (Global position system – Yerning 
sun’iy yo‘oldoshlari yordamida geografik joylanishni global aniqlash 
tizim)dan foydalaniladi. Umumiy foydalanuvchi abonentlarni kod 
bo‘yicha ajratuvchi CDMA sotali ko‘chma radioaloqa tizim birinchi 
bo‘lib Qualcomm (AQSH) firmasi tomonidan ishlab chiqarildi va 
MOTOROLA firmasi tomonidan muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.
AQSHda CDMA tizimiga IS-95 deb nomlangan standart qabul 
qilindi. Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ishlovchi kommer-
siyali tizim birinchi bo‘lib dunyoda Hutchison Telephone kom-
paniyasi tomonidan 1995-yilda joriy etildi. Mazkur tarmoq MO-
TOROLA firmasi uskunalaridan tashkil topgan bo‘lib, SC9600 
stansiyalari va EMX 2500 kommutatsiya stansiyalari asosida quril-
gan. CDMA standartni yaratishda sotali aloqa tizimning sig‘imini 
analoglilarga nisbatan kamida o‘n martaga oshirish va ajratilgan 
chastota spektridan foydalanish effektivligini shu darajaga ko‘pay-
tirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
CDMA prinsipi xabarlarni oddiy uzatishda qo‘llanadigan chas-
totalarning polosasiga qaraganda polosasi ancha kengroq bo‘lgan 
keng polosali signallardan foydalanishga asoslangan. Buning ne-
gizida ancha avvalgi vaqtdan beri harbiy radioaloqada shovqinsi-
mon yoki keng polosali signaldan (SHSS, KPS) foydalangan holda 
qo‘llaniluvchi modulyatsiya uslubi yotadi (SHSS yoki KPS: ingliz 
tili adabiyotlarida spread spectrum atama “kengaytirilgan” yoki 
“yoyilgan” spektr ma’nosini anglatadi. Ya’ni foydali axborot odat-
dagi tor polosaliga nisbatan ancha kengaytirilgan chastota diapa-
zoni bo‘yicha “yoyilib” tarqatiladi. Bu esa axborotning foydali bitlar 
ketma-ketligini ancha qisqa bo‘lgan psevdotasodifiy ketma-ketliklar 
impulslariga ko‘paytirish usuli bilan amalga oshiriladi. Natijada tor 
polosali modulyatsiyaliga nisbatan ancha kattaroq chastotaviy dia-


194
pazonga va kichik intensivlikka ega bo‘lgan signal hosil bo‘ladi. 
Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana 
olish CDMA standartida DSSS (ingl. direct-sequence spread spec-
trum – “kengaytirilgan spektrning to‘g‘ri ketma-ketligi”) modulyatsi-
yasi singari uslub qo‘llaniladi, ya’ni shovqinsimon signallarni.
Keng polosali (shovqinsimon) signalning bazasi bilan tavsifla-
nadi, va u spektr kengligi F ni uning davomiyligi T ga ko‘paytma-
sidan aniqlanadi: 
B=F T
Ma’lumotlar ikkilik simvollar ko‘rinishida raqamli uzatishda 
keng polosali (shovqinsimon) signalning (KPS) davomiyligi T va 
uzatish tezligi o‘zaro quyidagicha bog‘langan:
1
T
C
=
Demak, signalning bazasi B=F/C keng polosali (shovqinsi-
mon) signal (KPS) spektrining ma’lumot spektriga nibatan ken-
gayishini tavsiflaydi, bu esa o‘z navbatida ikkita uslub bilan yoki 
ularning kombinatsiyalash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin:
1. Chastotalar spektrini to‘g‘ri kengaytirish uslubi;
2. Tashuvchi chastotani saqrash yo‘li bilan o‘zgartirish uslubi.
Birinchi uslubga asosan tor polosali signal davomiyligi T ga 
teng bo‘lgan psevdo tasodifiy ketma-ketlikka (PTK) ko‘paytirila-
di. O‘z navbatida PTKning har qaysisi davomiylikga ega bo‘lgan 
N ta bitlardan tashkil topgan. Demak, KPS bazasi (11.1-rasm) 
son jihatidan PTK elementlari soniga teng bo‘ladi: 
B = T/t

=N
Tashuvchi chastotaning sakrashli o‘zgarishida esa, sintezator-
ning chiqish chastotasi PTKni shakllantirish qonuniga asosan tez 
qayta o‘zgartirilishi amalga oshiriladi (12.2-rasm).


195
“Chastota bo‘yicha sakrash” (yoki FH — Frequency Hop-
ping) quyidagicha amalga oshiriladi: nisbatan kichik vaqt in-
tervallar orasida har bir individual gaplashish kanallarga mos 
ravishda psevdo tasodifiy qonun bo‘yicha (kod bo‘yicha) 
ayrim belgilangan chegara me’yorida uzatgichning (sin-
tezatorning) eltuvchi chastotasi o‘zining qiymatini doimiy 
o‘zgartirib turadi.
X
Gen
PSP
1/T
PSP
S
shps
T
t
(f
o
- 1/
o
)
(f
o
+ 1/
o
)
o
f
o

Download 8,51 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali

Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish