• 3GRR-LTE
  • 11.6. 4G — to‘rtinchi avlod standartlari
  • ,9G yoki Pre 4G avlod standartlari




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet89/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    11.5. 3,9G yoki Pre 4G avlod standartlari
    Wi-Fi/WiMAX simsiz ma’lumot uzatish tarmoqlarida 
    OFDM texnologiyasidan foydalanish evaziga kelib chiqqan 
    texnik “inqilob” mobil aloqa dunyosini ham chetlab o‘tmadi. 
    HSOPA (ingl. High Speed OFDM Packet Access) texnologi-
    yasini ishlab chiqish bilan boshlangan yo‘l 3GRR loyihasi 
    standartlarining 3GRR-LTE (ingl. 3GRR Long Term Evolu-
    tion) uzoq muddatli evolyutsiya konsepsiyasiga qo‘shilib ket-
    di. Eslatib o‘tish kerakki, OFDM asosida ishlab chiqilgan 
    radiointerfeys texnologiyasi 2007-yilda HTI tomonidan IMT-
    2000 dasturining asosiy radiointerfeysi sifatida qabul qilin-
    gan(11.3-jadvalga qarang).
    3GRR-LTE (qisqartirilgan holda LTE) – ma’lumot uza-
    tish tezliklariga bo‘lajak talablarni qondirish uchun UMTS 
    standarti imkoniyatlarini takomillashtiruvchi mobil aloqa tex-


    183
    nologiyasi hisoblanadi. Bu takomillashuv aloqa samarador-
    ligini oshirish, tarmoqlarni tashkil etishdagi sarf-xarajatlarni 
    kamaytirish, taqdim etiladigan xizmatlar darajasini ko‘tarish 
    va kengaytirish, shuningdek, mavjud mobil va keng polosali 
    aloqa protokollari bilan o‘zaro ishlash kabilarni o‘z ichiga 
    oladi. Nazariy jihatdan LTE texnologiyasida ma’lumotlarni 
    ”pastga” uzatish tezligi 326,4Mbit/sek gacha, “yuqoriga” esa 
    172,8Mbit/sek gacha yetishi mumkin. LTE standartining 8- 
    versiyasidagi (3GRR Rel.8) imkoniyatlari 4G talablarigacha 
    yetib bormagani tufayli so‘nggi paytlarda LTE ko‘pincha 3,9G 
    yoki Pre4G avlod mobil aloqa texnologiyalari deb atalmoqda.
    11.6. 4G — to‘rtinchi avlod standartlari
    Mobil aloqa dunyosini oldinda yangi imkoniyatlarga ega 
    bo‘lgan texnologiyalar ishlanmalari kutmoqda. Hozirgi kun-
    da o‘tkazilayotgan tajribalar natijalari 4G texnologiyalari 
    oldiga HTI tomonidan qo‘yilgan talablarga erishish mum-
    kinligini tasdiqlamoqda. Masalan, Yaponiyaning NTT Do-
    CoMo kompaniyasi 2009-yildayoq mobil aloqa tarmoqlarini 
    sinash jarayonida ma’lumotlarni uzatishda 5Gbit/sek tezli-
    giga erishdi va bunda MIMO texnologiyasini 12x12 ajratish 
    sxemasidan foydalandi, mobil stansiya esa 10km/soat tezlik-
    da harakatlandi [20].
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, 2002-yilda HTIning Radioalo-
    qa Sektori (MSE-R) IMT kelajagining strategik ko‘rinishini ifo-
    dalovchi IMT-Advanced (4G) tashabbusini taklif qilgan edi. Uni 
    ishlab chiqish jarayonida munosib xizmatlar yaratildi, IMT-Ad-
    vanced loyihasiga taalluqli ishchi xarakteristikalarning talablari va 
    hajmi aniqlandi va ularni baholash uslublari batafsil tayyorlandi. 
    MSE-Rning 5D ishchi guruhi qoshida butun dunyodan 
    yig‘ilgan mustaqil tashqi baholash guruhlari yordamida 
    HTIga 2009-yil oktyabrida topshirilgan 4G radiointerfeys-
    lari bo‘yicha oltita taklif har biri alohida batafsil o‘rganib 


    184
    chiqildi. Natijada, 2010-yil noyabrida Jenevada bo‘lib o‘tgan 
    Butunjahon radioaloqa konferensiyasida ikki texnologiya: 
    “LTE-Advanced” va “WirelessMAN-Advanced” IMT-Ad-
    vanced texnologiyalar tuzimining birinchi versiyasi sifati-
    da qabul qilindi. 11.3-jadvalda o‘tkazilgan tahlillar yakunidagi 
    mobil aloqa tizimlari evolyutsion rivojlanishining asosiy ko‘rsat-
    kichlari keltirilgan.
    11.3-jadval

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish