Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

10.7-rasm. MAR 27 protokoli.


174
EDACS tizimi trangking uzatish va xabarlari tashkil qilish im-
konini beradi.
1. Xabarlarni trankinglash aloqa kanalini butun suhbat davo-
mida ushlab turish imkonini beradi.
2. Uzatishlarni trankinglash aloqa kanalini, faqat abonent to-
monidan suhbatning bir jumlasini talaffuz qilish vaqtidagina ush-
lab turish imkonini beradi.
Birinchi usul — aloqa tizimlarida an’anaviy turda va UFTT 
bilan bog‘langanda qo‘llaniladi.
Ikkinchi usul — MS ning faqat dubleksli ishlatilishida qo‘llaniladi 
va bu holatda uzatgich abonent tomonidan suhbatning bir jumlasi 
talaffuz qilingandagina uzatishga ulanadi. 
Birinchi abonent talaffuzining tugashi bilan ikkinchi abonent 
talaffuzi boshlanishi o‘rtasidagi pauzada (sukutda) MS uzatgichi 
o‘chadi, bu esa aloqa kanali trafigidan yuqori samarada (effekt-
da) foydalanish imkonini beradi. Ammo, suhbatning komfortli-
gi (badasturligi) pasayadi. Masalan: yuqori yuklanish (nagruzka)
da kanal biroz kechikish bilan taqdim qilindi, bu esa suhbatning 
fragmentlanishiga va parchalanishiga olib keladi.
Tizimning o‘tkazish imkoniyati unumli foydalanishni ta’minlash 
uchun qoidaga ko‘ra, ko‘pchilik abonentlarga faqat tranking uza-
tishlarga ruxsat beriladi. Bunda so‘zlashuv sifati yomonlashmasligi 
uchun kanallarni taqdim qilish jarayoni optimallashtiriladi.
Transport darajasidagi protokol RDI (Radio Data Interfase) 
ma’lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi. U xatolarni aniqlash 
va tuzatishga, qabulni tasdiqlashga va uzatishni avtomat ravishda 
takrorlashga imkon beradi.
Katta maydonni ko‘p zonali qoplashda markazida ko‘p stansi-
yali koordinator (MSC) joylashtirilgan va nurlar uchlarida esa zo-
naning BTS joylashgan “yulduz”li topologik sxemasi qo‘llaniladi. 
Bunday tarmoqda zonalarning maksimal soni 32 ni tashkil qiladi.
Ko‘p stansiyali koordinator zonadagi abonentning joriy holatini 
kuzatadi va butun ko‘p zonali yalpi tarmoqda esa yagona nomerlanish 
ta’minlanadi. Buning uchun maqsadda abonentlarni avtomatik ravish-


175
da ro‘yxatga olish qo‘llanilinadi. Boshqaruv kanali (BK) bilan aloqa-
ning yo‘qolib qolishi qayta ro‘yxatga olish kriteriyasi hisoblanadi.
Har bir zona uchun RT va BTS miqdori (soni) 20 taga yetishi 
va ishchi kanallardan har biri boshqaruvchi sifatida qo‘llanilishi 
mumkin. Har bir RT universal bo‘lib, 9600 bit/s tezlikda ham 
analogli so‘zlashuv signalini, ham raqamli axborotlarni uzatish 
imkoniga ega bo‘lishligi tufayli bunday almashinish mumkindir. 
Har bir RT tarkibiga BK retranslyator ishdan chiqadigan holatda 
uning o‘rnini bosuvchi intellektual BQ kiradi.
Talabga qarab, BTS turli xil qo‘shimcha qurilmalar bilan to‘ldi-
rilgan bo‘lishi mumkin, bu esa tizimning darajasini taqdim etadi-
gan imkoniyatlarini oshiradi.
1996-yil Ericsson tomonidan chiqarilgan EDACS ProtoSall
raqamli tranking tizimi TDMA radiointerfeysidan foydalanishi 
mumkin va u EDACS tizimining keyingi zamonaviylashgan turi 
hisoblanadi. Bu tizimda bitta asosiy tashuvchi chastotada bitta, 
ikkita yoki to‘rtta nutq kanallari uzatiladi. Chastotalar o‘zgarish 
qadami, ilgarigidek 25 kHz ga teng, ammo uzatish kanallar so-
niga bog‘liqli ravishda chastotlarning samarali polosasi 25 kHz 
(1 kanal), 12,5 kHz (2 kanal) va 6,25 kHz (4 kanali) ish tashkil 
qiladi)larga tengdir.
EDACS ProtoSall tizimida radiochastotali qurilma 800MHz 
va 900MHz so‘zlashuvni uzatish ham amalga, ham raqamli forma-
da amalga oshirishi mumkin, ammo raqamli chastotali kanallarni 
yoki ma’lumot uzatish (MU) kanallarni ajiratish ko‘zda tutilmaydi.
EDACS tizimini EDACS Protocall ga o‘tkazish ko‘zda tutil-
gan. Unda ma’lumotlar bazasi avtomat ravishda o‘zgartiriladi, 
TDMAdan foydalanish esa yuklamaning ortishiga qarab amalga oshi-
rilishi mumkin, uning ustiga har bir chastotali kanalga alohida holatda.

Download 8,51 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish