Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/143
Sana12.01.2024
Hajmi8,84 Mb.
#135505
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143
Bog'liq
4. Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish M Rasulova

3. Simple Machines. Forum tashkil etish uchun juda qulay CMS. Unda 
foydalanuvchilar ro’yxatdan o’tishlari, mavzular yaratishlari, mavjud mavzularda o’z 
firklarini bildirish orqali qatnashishlari va boshqalarning fikrlarini to’ldirishlari 
mumkin. Bu CMS vBulletin kabi katta imkoniyat va kuchga ega bo’lmasa ham, oddiy 
darajadan yuqoriroq bo’lgan katta forum saytlarni bemalol boshqara oladi. 
Forum uchun o’zbek tilini o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo hozircha o’zbek tilidagi 
rasmiy CMS ishlab chiqilmagan. Tilni faqat dasturga qo’shimcha kiritish orqali 
o’zgartirish imkoni bor. 
Bugungi kunda Simple Machines forum saytlar uchun yengil ishlashi, o’rnatilishi uchun 
ko’p joy talab qilmasligi va eng asosiysi bepul bo’lganli sababli ham ko’p sonli 
saytlarning tanloviga aylangan. 
Simple Machines 
CMSni dasturning rasmiy sayti 
www.simplemachines.org orqali 
yuklab olishingiz mumkin. 
Agar Sayt yaratishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz va o’z saytingiz uchun qaysi CMS 
to’g’ri kelishini bilmayotgan bo’lsangiz, saytingizning hajmi va u orqali 
foydalanuvchilar qanday ma’lumotlarni olishini rejalashtirayotganingizga qarab 
o’zingizga ma’qul bo’lgan CMSni tanlang. 
CMS tanlash jarayonida faqat Siz tanlamoqchi bo’lgan CMSning shablonlariga, 
saytning tashqi ko’rinishini belgilaydigan jihatlarigagina emas, balki saytning yengil 


ishlashi, hostingingizda ko’p joy olmasligi (agar buning zarurati bo’lsa), qidiruv 
mashinalarida oson ro’yxatdan o’ta olishi, foydalanuvchilar uchun qulayligi, turli 
brauzerlarda bir hil ko’rinishi kabi muhim jihatlariga ham e’tibor bering. 
Web 
sayt 
yaratish 
texnalogiyasi. 
Web-sahifa, Web-sayt, Web-server 
Web-texnologiyani (Internet-texnologiya) o’rganishni Web-dizaynning quyidagi uchta 
tushunchasini o’rganishdan boshlash zarur: 
1. Web-sahifa; 
2. 
Web-sayt; 
3. 
Web-server. 
Texnologiya grek tilidan (techne) tarjima qilganda san’at, maxorat, bilish ma’nolarini 
anglatadi, bular esa o’z navbatida jarayonlardir. Jarayonlar - bu qo’yilgan 
maqsadga 
erishish 
uchun 
ma’lum 
xarakatlar 
majmuasidir. 
Web-sahifa - o’zining unikal adresiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish 
dasturi yordamida (brauzer) ko’riluvchi hujjatdir. 
Unga matn
, grafika, ovoz, 
video yoki animastiya ma’lumotlar birlashmasi - multimediyali hujjatlar
boshqa hujjatlarga gipermurojatlar kirishi mumkin. 
Web-sayt - bir qancha Web-sahifalarning mantiqiy birlashmasi. 
Web-server - tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy 
resurslarni klientga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Internet 
tarmog’ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini 
beradigan Web- serverlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday serverlarda Internetda 
taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan. 
Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga 
moslashtiradi. Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. 
Web-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai 
nazaridan mijoz-server tehnologiyalari ishlatiladi. 
Hozirgi kunda oddiy Web-serverni yaratish tehnologiyasini ancha oddiy vazifa deb 
hisoblasa bo’ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat. 

Download 8,84 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   143




Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish

Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish