bajarishning imkoni bo’lmagan. Shuning uchun to’liq HTML yordamida tashkil etilgan
saytlar foydalanuvchilarga faqat ma’lumot berish, ya’ni ma’lumotlarni ko’rsatib berish
imkoniyati bilan cheklangan.
Bugungi kunda saytlar orqali faqat ma’lumot olish bilan cheklanib qolmaysiz. Hozirgi
zamonaviy saytlarda ma’lumot olish bilan bir qatorda berilgan ma’lumotni
tahrirlashingiz (masalan,
Wikipedia), yangi ma’lumot qo’shishingiz (masalan, saytlarda
fikr bildirish –
Comment), bir turdagi ma’lumotni uzatib, online tizimda boshqa bir
turdagi ba’lumot shaklida qabul qilib olish (masalan, video fayllarni online tizimda mp3
formatiga o’tkazish), soni cheklanmagan foydalanuvchilarning bir vaqtning o’zida
online muloqotga kirishish (masalan, chat) va boshqa
interaktiv amaliyotlarni
bajarishingiz mumkin. Bu, o’z navbatida, faqat HTML ishlatilgan
zamonga nisbatan
hozirgi paytda internetda saytlarning yaratilishi sezilarli rivojlanganligini bildiradi.
Hozirgi davrda, agar Siz sayt yaratmoqchi bo’lsangiz, HTML yoki boshqa biror
murakkab web dasturlash tilini bilishingiz majburiy emas. Hatto birorta ham kodni yoza
olmasangiz
ham zamonaviyligi, dizayni, murakkab amaliyotlarni bajara olishi
jihatlaridan zamon talablariga to’la javob bera oladigan sayt yarata olish imkoniyatiga
egasiz.
Bunda
Sizga
CMS
yordam
beradi!