• 1. WordPress.
  • CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi)




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet125/143
    Sana12.01.2024
    Hajmi8,84 Mb.
    #135505
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143
    Bog'liq
    4. Raqamli multimediya axborotlarni nashr qilish M Rasulova

    CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi) – bu 
    maxsus web dastur bo’lib, bir necha oddiy bosqichlardagi amaliyotlarni bajargandan 
    so’ng to’la kuch bilan ishlay oladigan sayt yaratish imkoniyatini beradi. Bunday turdagi 
    web dastur, huddi kompyuterlar uchun mo’ljallangan dasturlar singari, bir necha 
    bosqichlarda foydalanuvchidan sayt haqida boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ib oladi va 
    bosqichma-bosqich saytingizni avtomatik tarzda tashkil etib beradi. Dasturni o’rnatish 
    jarayonining nihoyasida Siz kiritgan ma’lumotlarda tayangan, o’zingiz xohlagandek 
    sayt avtomatik tarzda yaratiladi. 
    Quyida eng keng tarqalgan va bugungi kunda ko’pchilik saytlarning asosi hisoblangan 
    CMS dasturlarini keltirib o’tmoqchiman. Bu yerda faqat eng ko’p foydalaniladigan, 
    asosiy dasturlargina keltirilgan. Sayt yaratishingiz mumkin bulardan boshqa yana 
    ko’plab 
    dasturlar 
    mavjud. 
    1. WordPress. Ushbu CMS asosan blog (biror shaxs, joy yoki alohida mavzuga 
    bag’ishlangan, tez-tez yangilab turiladigan, qisqa maqolalar va ma’lumotlar kiritib 
    boriladigan o’rta hajmdagi sayt) uchun mo’ljallangan. Ammo bugungi kunga kelib bu 
    CMS shu qadar mukammallashib ketdiki, hozirda uni hatto portal saytlar uchun ham 
    ishlatishmoqda. 
    WordPress – 
    foydalanish uchun juda oson
    , qulay va eng asosiysi 100% bepul bo’lgan 
    dastur. Uni WordPressning rasmiy sayti www.wordpress.org orqali yuklab olishingiz va 
    foydalanishingiz mumkin. Asosiy CMS dasturdan tashqari WordPress uchun millionlab 
    shablonlar (sayt ko’rinishlari) va plaginlar (dastur ichida ishlovchi kichik 
    qo’shimchalar) yaratilgan. 
    Agar Siz o’zingiz uchun shaxsiy sahifa ochmoqchi bo’lsangiz, sevimli qo’shiqchingizga 
    bag’ishlab sayt yaratmoqchi bo’lsangiz yoki o’zingiz uchun qiziq bo’lgan biror 


    mavzuga oid maqolalaringizni butun dunyo bilan bo’lishmoqchi bo’lsangiz 
    WordPressni tanlang! 
    Hozir Siz ko’rib turgan akmx.uz sayti ham WordPress CMS asosida yaratilgan. 
    O’zbekistonliklar WordPressni ham egallashga ulgurishdi! Endi WordPress CMSni 
    o’zbek tilida ham ishlatishingiz mumkin. Uning O’zbekiston uchun maxsus rasmiy 
    sahifasi 
    ham 
    bor: uz.wordpress.org 
    2. Joomla! Bu CMS asosan katta saytlar va portallar uchun mo’ljallangan. Ommaviyligi 
    bo’yicha WordPressdan keyingi o’rinda tursa ham, ishlatish juda qulay, ishonchli va 
    bepul CMS hisoblanadi. Dasturni rasmiy sayti www.joomla.org orqali yuklab olishingiz 
    mumkin. 
    Joomla! CMS uchun ham ko’plab shablonlar, “extension” (kengaytma, plagin)lar 
    yaratilgan. Joomla! uchun ham saytni o’zbek tiliga o’tkazish imkoniyati bor. Buning 
    uchun dasturni o’rnatib, o’zbek tiliga o’girish uchun maxsus tayyorlangan kichik 
    dasturni qo’shishingiz kifoya! 
    Agar Siz katta portal yaratmoqchi bo’lsangiz, saytingiz foydalanuvchilari ro’yxatdan 
    o’tib, 
    saytingizda 
    “foydalanuvchi-server” 
    aloqasi 
    ko’rinishidagi 
    murakkab 
    amaliyotlarini bajara olishini xohlasangiz, juda keng qamrovli katta sayt yaratmoqchi 
    bo’lsangiz 
    Joomla! 
    Siz 
    uchun 
    eng 
    yaxshi 
    tanlov 
    bo’la 
    oladi. 

    Download 8,84 Mb.
    1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   143




    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    CMS (Content Management System – Kontentlarni Boshqarish Tizimi)

    Download 8,84 Mb.
    Pdf ko'rish