• Baholash testi.
  • (http://www.aicc.org)
  • Glossariy yoki katalog yaratish




    Download 8,19 Mb.
    bet21/94
    Sana06.01.2024
    Hajmi8,19 Mb.
    #131132
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94
    Bog'liq
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

    Glossariy yoki katalog yaratish. Glossariy elektron axborot ta’lim resurslarining eng asosiy qismi hisoblanadi. Glossariy yoki katalog yaratish uchun Katalog tanlaniladi. Zagolovok interaktivnosti bo‘limiga Glossariy nomi kiritiladi. Noviy element yordamida har bir termin uchun oyna ochiladi. Element qismida termin nomi va pastki maydonda uning izohi kiritiladi. Barcha termin va uning izohlarini kiritib bo‘lgandan so‘ng Публикация elementi yordamida glossariyni interaktiv ko‘rinishga o‘tkazish mumkin.
    Baholash testi. Talabani bilimini tekshirishning eng sodda va sifatli usuli - bu baholash testi hisoblanadi. iSpringMaker dasturi yordamida quyidagi turdagi test savollarni yaratish mumkin:

    iSpring Suite orqali taqdimot nashr (publikatsiya) etilganda uni veb-sahifaga, blogga, masofaviy ta’lim tizimiga biriktirib qo‘yish mumkin. Taqdimotning eksporti Adobe Flash formatida amalga oshiriladi.
    iSpring Suiteda nashr qilishning 4 varianti taklif etiladi: Web, CD, iSpring Online va Masofaviy ta’lim tizimi:

    • Birinchi holatda Internet muhitida ishlashi mumkin bo‘lgan HTML-fayllardan iborat bo‘lgan papka

    • Ikkinchi holatda EXE qobig‘iga taqdimot flash-dasturi bilan birga kiritilgan bo‘ladi. Foydalanuvchi Windows muhitida ushbu fayllarni bevositadi ishlata oladi.

    • iSpring Online orqali taqdimot namoyish etiladigan bo‘lsa, servisda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

    • Masofaviy ta’lim tizimiga AICC, Blackboard 9.x, SCORM 1.2 yoki SCORM 2004 formatlarining birida eksport qilinadi.

    CourseLabbu Internet tizimida, masofaviy ta’lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo‘ljallangan interaktiv ta’lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo‘ljallangan kuchli va ishlatish oson bo‘lgan dasturiy vositadir.
    CourseLabning asosiy imkoniyatlari:

    • WYSIWYG tizimida ko‘rish va natijalarni olish mumkin bo‘lgan ta’lim materiallarini yaratish va tahrir qilish.

    • Tuzuvchidan HTML yoki boshqa dasturlash tillarini bilishni talab qilmaydi.

    • Obyektiv yondashish har qanday murakkablikdagi ta’lim materiallarini yaratish imkonini beradi.

    • Ssenariylardan foydalanish murakkab ko‘p «Obyekt»li bog‘liqliklarni yaratishni osonlashtiradi.

    • Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.

    • Ochiq obyektiv interfeys obyekt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi.

    • Obyektlar animatsiyasi mexanizmiga ega.

    • Ta’lim kurslariga har qanday Rich-medianing har qanday turini — Macromedia Flash, Shockwave, Java va har qanday formatdagi videoformatdagi fayllarni joylashtirish imkonini beradi.

    • Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning oson mexanizmlari.

    • Microsoft PowerPoint formatidagi taqdimotlarni o‘quv materialiga joylashtirish imkoniyati.

    • Har xil dasturiy ta’minotlarning simulyasiyalarini yaratish imkonini beruvchi ekranni suratga olish mexanizmiga ega.

    • Amallarni izohlashning oson tiliga ega.

    • Malakali foydalanuvchiga dastur fayllarining xususiyatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri JavaScript-kirish imkonini beradi.

    • Elektron ta’lim kurslarini ko‘rish uchun Javaning bo‘lishi talab qilinmaydi.






    1-rasm.CourseLab dasturining interfeysi. CourseLab yordamida yaratilgan ta’lim materiallari ishlatilish turiga qarab, elektron ta’limning quyidagi: AICC (http://www.aicc.org), SCORM 1.2 (http://www.adlnet.org) standartlariga mos keladi.CourseLab yordamida yaratilgan o’quv kurslari modullar, ularni tematik birlashtiradigan bo’limlarga birlashtirilishi mumkin. Bo’limlar ham o’z navbatida bo’limlarga birlashtirilishi mumkin, shunday qilib o’quv kursining murakkab ierarxiyasi tuzilishi mumkin. Bo’limlarga birlashtirish texnik nuqtai nazardan cheklanmagan bo’lsa ham, amalda foydalanuvchiga kurs strukturasi tushunarli bo’lishi uchun murakkab ierarxiyadan foydalanish tavsiya etilmaydi. Masofaviy ta'lim tizimida bo’lim odatda o’zida modul va boshqa bo’limlarni birlashtiradigan papka sifatida ko’rsatiladi. Bo’lim -masofaviy ta'lim tizimida faqat tuzilish birligi hisoblanadi - o’zining holati haqida o’quv modullaridan hech qanday ma'lumot olmaydi va tizim bo’limga unga kiruvchi modullar holatiga qarab o’zgartirishlar kiritadi. Tematik birlashtirilgan ma'ruza va darslar ketma- ketligi sifatida sharqlanishi mumkin.


    Slayd (interaktiv sahifa) - ta'lim modulining asosiy strukturaviy birligi. Slaydlarda kurs muallifi o’quv va yordamchi adabiyotlarni, mashg’ulotlar va testlarni joylashtiradi. O’quv jarayonida slayddan slaydga o’tish muallif tomonidan belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Slayd bir yoki bir necha kadrlardan iborat bo’ladi (murakkab animatsiyalar yoki dasturiy ta'minot simulyatsiyasi mavjud bo’lsa kadrlar soni judayam ko’p bo’lishi mumkin). har qanday slayd kamida bitta kadrga ega bo’ladi. Masofaviy ta'lim tizimida slaydlar mustaqil ravishda foydalanib bo’lmaydigan va ta'lim moduli tomonidan boshqariladigan kichik birlikdir. Slayd o’quv moduli mavzusini to’liq ochib berishi kerak.
    Kadr - ta'lim modulining eng kichik birligi, slaydning bir qismidir. Aynan kadrlarda muallif tomonidan modullarda ishlatiladigan Ob'ektlar joylashtiriladi. Texnik ravishda kadrlar soni chegaralanmagan bo’lsa ham, amalda kadrlar sonini 30-40 tadan oshirish tavsiya etilmaydi, chunki kadrlar sonining ko’pligi modul ochilishini sekinlashtirishi mumkin va bu foydalanuvchiga noqulayliklar tug’diradi. Masofaviy ta'lim tizimida kadrlarga huddi slaydlar kabi alohida kirish mumkin emas, tizimni boshqarishi mumkin bo’lgan eng kichik birlik - ta'lim modulidir. Kadr alohida birlik hisoblanmaydi - u faqat slyadning tarkibiy qismidir.
    Modulning maxsus slaydlari: lavha, master-slayd. har bir modulda maxsus slaydlar bo’ladi: slayd-lavha va master-slayd (bir yoki bir necha). Lavha Slayd-lavha - modulning o’ziga xos muqovasidir.

    Download 8,19 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   94




    Download 8,19 Mb.