• 3D - kitob yaratish.
  • Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik




    Download 8,19 Mb.
    bet20/94
    Sana06.01.2024
    Hajmi8,19 Mb.
    #131132
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94
    Bog'liq
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

    SCORM paketlari. SCORM (angl. Sharable Content Object Reference Model - birgalikda foydalanish uchun obyekt tarkibidagi namunali model). Bu o‘quv materiallari orqali bilim oluvchining o‘rganilayotgan o‘quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini o‘qitishni boshqaruvchi tizim (LMS, bizning misolimizda Moodle) ga hisobot ko‘rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo‘lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o‘rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o‘quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko‘pchiligi yaratiladigan o‘quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko‘rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM, TinCan API yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi.
    Kengaytirilgan iSpring Suite 7 paketi o‘zida quyidagi imkoniyatlarni jamlagan:

    • PowerPoint muhitida o‘quv kurslari va Flash-taqdimotlarni yaratish (iSpring Pro);

    • interaktiv testlar, so‘rovnomalar va anketalarni ishlab chiqish (iSpring QuizMaker);

    • elektron kurslarni illyustrativ imkoniyatlarini oshirish uchun interaktiv elementlarni yaratish (iSpring Kinetics).

    3D - kitob yaratish. Interaktivnosti qismida 4 turdagi interaktiv elementlarni yaratish mumkin: kitob (Kniga), glossariy yoki katalog (Katalog), savol-javob (Vopros-otvet), vaqt shkalasi (Vremennaya shkala). Interaktiv elementlar yordamida ixtiyoriy matnli yoki grafik axborotlarni osonlik bilan tizimlashtirish mumkin. Interaktiv kitob yaratish uchun Interaktivnosti bo‘limida Книга tanlaniladi.
    Dastur avtomatik tarzda 3D-kitob maketini yaratadi. iSpring dasturi interfeysi Microsoft Office dasturlarining interfeysiga o‘xshash bo‘lib, ekranning yuqori qismida lenta maydoni mavjud. Bu maydon to‘rtta vkladkadan iborat: kniga, dizayn, vid va spravka. Har bir vkladka tarkibida shu vkladkaga mos buyruqlar mavjud. Kniga vkladkasi 5 blokdan iborat.
    Страница blokida kitob sahifalarini yaratish hamda yaratilgan sahifalar nusxasini ko‘paytirish (dublirovat) yoki mavjudlarini o‘chirish.
    Шрифт bloki turli shriftlardan foydalanish imkoniyatini beradi hamda matnni tahrirlash uskunalaridan tarkib topgan.
    Рисование bloki yordamida mos buyruqlar yordamida kitobning birinchi sahifasiga tasvir va personaj qo‘yish mumkin.
    Дизайн menyusi yordamida kitobning dizayni va shaklini o‘zgartirish mumkin Kitob sahifasi uchun rang tanlash imkoniyati ham mavjud.
    Вид menyusida kitob tahrirlash jarayonida kitobning holatini sozlash mumkin.
    Shundan so‘ng 3D-kitobni Internetga joylash va foydalanuvchilarga taqdim etish mumkin.
    Главная menyusidagi Публикация buyrug‘ini ishga tushiramiz va interaktiv kitob nomi, ushbu kitobni saqlash kerak bo‘lgan manzilni ko‘rsatamiz. Сжатие vkladkasida faylni siqish metodini tanlaymiz.
    Kitobni nashr etgandan so‘ng, kitobni brauzer oynasi yoki Adobe Flash Player yordamida ko‘rish mumkin.

    Download 8,19 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   94




    Download 8,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik

    Download 8,19 Mb.