|
Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik
|
bet | 22/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)MyTestX dasturi. O‘zbekiston Davlat test markazining axborot ko‘magida abituriyentlarga OTMlarga kirish imtihonlariga tayyorlanish uchun imkon beradigan mobil dastur yaratish ishlarini olib bormoqda. MyTest deb nomlangan ushbu dastur test savollari to‘plamidan iborat. Unda bosma nashrdan chiqadigan “Axborotnoma” testlari joy olgan.
Bundan tashqari, unda respublika bo‘yicha barcha oliy ta’lim muassasalari ma’lumotlar bazasi mavjud. Takidlash joizki, dastur foydalanuvchilarga OTMni tanlash va u haqida axborotga ega bo‘lish imkonini beradi. Dastur uchta moduldan tarkib topgan: testlash moduli (My Test Student), test muharriri (My Test Editor) va testlash jurnali (My Test Server). Qulay interfeysga ga bo‘lgan test muharriri yordamida hattoki kompyuterdan foydalanishning boshlang‘iya darajasida bo‘lgan istalgan fan o‘qituvchisi osongina testlarni yaratishi va o‘z darslarida qo‘llashi mumkin. Dasturda savol va javoblarni tahrirlashni keng imkoniyatlari mavjud. Unda shriftni belgilash, simvol rangi va foni, yuqori va pastki indeksdan foydalanish, matnni abzatslarga bo‘lish va har biri uchun alohida tahrirlashni qo‘llash, ro‘yxatni kiritish, rasm va formulalardan foydalanish mumkin. Qulaylikni oshirish maqsadida dastur o‘z matn muharririga ega.
Nazorat savollari:
Ispring dasturi va uning imkoniyatlarini tavsiflang.
SCORM paketlari deganda nimani tushunasiz?
3D - kitob yaratish qanday amalga oshiriladi?
Course Lab dasturidan nima maqsadda foydalaniladi?
CourseLab dasturining interfeysi nimalardan tashkil topgan?
Slayd tushunchasini izohlang.
Kadr tushunchasini izohlab bering.
MyTestX dasturining imkoniyatlarini izohlab bering.
Easy Quizzy dasturining imkoniyatlari tavsiflang.
9-Mavzu: O’quv animatsion lavha(rolik)larni tayyorlashning zamonaviy vositalari. (2 soat)
Reja:
Ikki o’lchovli kompyuter animatsiyasi tushunchasi;
Flash texnologiyasiga kirish;
Dasturning asosiy ish sohalari va tushunchalari.
Macromedia Flash dasturining ish qurollar sohasi.
Kompyuter grafikasi uzoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animatsiyasi (KA) atamalaridan foydalaniladi. Kompyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animatsiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
|
| |