|
Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik
|
bet | 17/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)
Interaktiv doska xuddi manitordek ishlaydi va qo’shimcha qurilmalar hamda dasturiy ta’minoti ishga tushirilganda kompyuterni boshqarish imkoniyati yuzaga keladi. Bunda yordamchi vosita sifatida elektron markerlardan foydalaniladi.
Elektron marker kompyuterning qo’shimcha qurilmasi sichqoncha vazifasini bajaradi. Masalan to’g’ri chiziq chizish uchun markerni interaktiv doskasining yuzasiga tekkazib tortishning o’zi kifoya qiladi. Sichqoncha o’ng tugmasi vazifasini elektron markerning maxsus tugmachasi bajaradi.
Ona plata - asosiy elektron sxema bo’lib, unga tashqi qurilmalar kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS, operativ xotira, tizimli plataning mikrosxemalar to’plami, ikkinchi pog’ona kesh-hotira (kesh L2), shina razyomlari, tizimli soat hamda CMOS uchun elektr manbai (batareya), kiritish- chiqarish mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar kontrollerlari o’rnatiladi.
Mikroprotsessor (CPU) arifmetik-mantiqiy qurilma bo’lib, kompyuterning «yuragi» hisoblanadi.
Nazorat savollari:
Server kompyuterlari deb nimaga aytiladi?
Superkompyuterlar qanday kompyuter va u qanday sohalarda qo’llaniladi?
Portativ kompyuterlar deganda nimani tushunasiz va uning qulayliklari nimada?
Cho’ntak kompyuterlari deganda nimani tushunasiz?
Elektron yozuv daftarchalarining ahamiyati nimadan iborat?
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalariga qanday qurilmalar kiradi?
Shaxsiy kompyuterning qo’shimcha qurilmalariga qanday qurilmalar kiradi?
Modem qurilma nima vazifani bajaradi?
Ona plata qurilmasining vazifasini tavsiflang.
Multimedia vositalariga nimalar kiradi?
Interaktiv doska qanday qurilma?
Elektron marker nima vazifani bajaradi?
|
| |