|
Elektron yozuv daftarchalari
|
bet | 15/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)Elektron yozuv daftarchalari (organizer - organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng yengil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elektron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og’irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, biroq sig’imli xotiraga ega. Unga zarur axborotni yozish va uning yordamida maxsus matnni tahrir qilish, ish xatlari, bitim, shartnomalar matnlari, kun tartibi va ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin.
Kompyuter ikkita tarkibiy qismdan iborat. Ular asosiy va qo’shimcha qurilmalardir.
Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.
Tizimli blok (Protsessor).
Ekran (Monitor).
Klaviatura.
Sichqoncha.
Tizimli (Sistemaviy) blok (Protsessor) - kompyuteming asosiy qismi bo’lib, o’z ichiga quyidagi elementlarni jamlaydi. Ona plata, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), Operativ xotira (OZU), CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW), tashqi qurilmalar
kontrolleri, shinalar, elektr ta‘minoti bloki va boshqalar. Kompyuterlarda INTEL, IBM va boshqa firmalarning mikroprotsessorlari ishlatilmoqda. Qattiq disk (HDD) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir. Unda barcha dastur va ma‘lumotlar saqlanadi.Qattiq disklarda tashuvchilar aylanadigan ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va keramikali disklardan iborat bo’lgani uchun ko’pincha qattik disk deb ataladi. Qattiq disk o’lchamlari turlicha bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-1000 Gb dan 1 Tb gacha bo’lgan o’lchamdagi turlari mavjud.
Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha dastur va ma‘lumotlar saqlanadi. Operativ xotira kopincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi dastur va ma‘lumotlar faqat kompyuter yoqiqligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter ochirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma‘lumotlar saqlab qo‘yilishi lozim. Operativ xotiraning 256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb li turlari mavjud.
CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). Disklardagi ma‘lumotlarni o’qish va ularga ma‘lumotlar yozish uchun xizmlat qiluvchi qurilma. Dastlab bunday tashuvchilar ma‘lumotlarni faqat o’qish uchun mo’ljallangan bo’lib, ulardagi ma‘lumotlarni o’zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo’q edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning ma‘lumotlarni yozadigan (writeable) va ko’p marotaba yozadigan (rewriteable) modellari mavjud.
|
| |