• O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi 1875-sonli “Chet tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”
  • Boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
  • Xorijiy tillarni o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni




    Download 8,19 Mb.
    bet12/94
    Sana06.01.2024
    Hajmi8,19 Mb.
    #131132
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
    Bog'liq
    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)

    Xorijiy tillarni o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida ta’limga juda katta ahamiyat berib kelinmoqda. Darhaqiqat, har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy omil - kadrlar deb hisoblanadi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida izchil olib borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. O’sib kelayotgan barkamol, har tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega bo’lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon hamjamiyatiga integrasiya qilish maqsadida chet tillarni o’qitish hozirgi kunda davlatimizning ustivor vazifalaridan deb hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi 1875-sonli “Chet tillarni o’qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi farmoni ushbu yo’nalishdagi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yuqori malakali chet tili o’qituvchilarini tayyorlash, ta’limida axborot va media-texnologiyalaridan keng foydalanish, darsda interfaol metodlarni qo’llash kabi vazifalar shular sirasidandir.
    Xorijiy tillarni samarali o’qitishda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari juda katta va shuning uchun pedagog kadrlarni tayyorlashda uning o’rni alohida. Xorijiy tillarni o’qitishda qo’llaniladigan axborot texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalarni bilish bilan birga xorijiy tillarni o’qitishda multimedia resurslarini yaratish va ishlov berish texnologiyalari, shaxsiy elektron ta’lim resurslarini shakllantirish, xorijiy tillarni o’qitish bo’yicha elektron o’quv kurslarini loyihalashtirish, o’quvchilar bilimini baholash tizimlari, xorijiy tillarni o’qitishda Internet texnologiyalari, masofaviy o’qitish texnologiyalari va uni tashkil qilish usullaridan foydalanish, video konferensiya, ommaviy on-line ochiq kurslar (Coursera, edX, Khan Academy, MIT Open Course Ware)ni tashkil etish kabi malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.
    Axborot texnologiyalarining ta’limga chuqur ta’siri natijasida pedagogika (ta’lim- tarbiya to’g’risidagi fan)ning tarkibiy qismi sifatida elektron pedagogika kirib kelmoqda. Unda pedagogik jarayonda axborot-kommunikasiya va interaktiv texnologiyalaridan, ta’limda Internet resurslaridan foydalanish, Internet tarmog’ining asosiy xizmatlari, jumladan Ziyonet.uz va boshqa ta’lim portallari resurslari bilan ishlash, Internet tarmog’ida pedagoglarning, talabalarning elektron muloqot muhitida jamoa bo’lib ishlash, blog, forum va tematik chatlarni tashkil etish, pedagoglarning tarmoqdagi hamkorligi bilan bir qatorda pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini tashkil etish, axborot texnologiyalari vositasida pedagogning elektron portfoliosini shakllantirish, elektron axborot-ta’lim muhitida pedagogik jarayonni loyihalashtirish, ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE (modulli obyektga yo’naltirilgan dinamik o’quv muhiti) tizimida ishlash nazarda tutiladi.
    Pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish, ular yordamida elektron darsliklar, trenajyorlar, virtual laboratoriya mashg’ulotlarini yaratish usullarini bilish, Misrosoft Word, Excel, Power Point va boshqa dasturlarida elektron o’quv-metodik materiallarini yaratish usullariga ega bo’lish bilan birga Web 2.0/3.0 texnologiyalari yordamida elektron didaktik materiallarni yaratish va ta’lim jarayonida qo’llash chet tili o’qituvchisi mahoratini belgilashning muhim omillaridan deb hisoblanadi. Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar “Axborot texnologiyalari” fani bo’yicha talabalarga quyidagi talablar qo’yiladi:

    • zamonaviy texnika o’qitish vositalari bilan tanishish va ularni amaliyotda qo’llash;

    • o’quv materiallarni tayyorlashda matn va jadval muharrirlaridan samarali usul sifatida foydalanish;

    • ochiq va yopiq kompyuter operasion tizimlari bilan tanishish;

    • mobil aloqa operasion tizimlari bilan tanishish;

    • bevosita va on-line ta’lim uchun taqdimotlar yaratish;

    • o’quv grafik obyektlarini yaratish asoslarini egallash;

    • o’quv animatsiya roliklarini yaratish vositalaridan foydalanish;

    • mualliflik o’quv audio va video materiallarni yaratish va ularga ishlov berish;

    • blog, forum, virtual sinf, Web muhitida hamkorlik ta’lim proyektlarini tashkil etish;

    • o’quv on-line kurslarini tashkil etishning zamonaviy vositalaridan foydalanish;

    • ta’limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash.

    Boshqa fanlar bilan bog’liqligi. “Axborot texnologiyalari” fani belgilangan reja asosida, 1- va 2- semestrlarda o’qitiladi. Talabalarning ushbu fandan olgan bilimlari mutaxassislik fanlarini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib o’rganishda va mustaqil ishlarni bajarishda kompyuterning texnik va dasturiy ta’minotlari, MS Office tizimlarining imkoniyatlari, elektron darsliklar, Internet tarmog’i va elektron axborot resurslaridan hamda masofaviy ta’lim tizimidan foydalanishda qo’l keladi.
    “Axborot texnologiyalari” fanining o’quv reja va ishchi dasturi chet tillarning “Og’zaki va yozma nutq amaliyoti” fani ishchi rejasi bilan muvofiqlashtirilgan. Unga ko’ra “Axborot texnologiyalari”gi deyarli barcha mavzular “Og’zaki va yozma nutq amaliyotidagi muvofiqlashtirilgan mavzulardan oldin keladi va ularni samarali o’zlashtirishga asos bo’ladi. Fan mavzulari bo’lajak chet tili o’qituvchilariga turli axborot texnologiya vositalari yordamida elektron resurslarni yaratish va ularga ishlov berish malakasi shakllantiriladi. Bunda asosan, amaliy dastur va Internet tizimi xizmatlaridan foydalanish o’rgatiladi. Elektron resurslarni yaratish jarayonida mavzularni to’g’ri tanlash, resursning ssenariysini tuzish, kutilayotgan natijalarni va resursning strukturasini didaktik nuqtai nazardan to’g’ri shakllantirish, darsda ulardan samarali foydalanish yo’llari va shu kabi muammolar talabani til o’qitish metodikasini chuqurroq o’zlashtirishga undaydi, motivasiya hosil bo’ladi.
    “Axborot texnologiyalari” fani “Pedagogik texnologiyalar” fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Oxirgi paytlarda olim va amaliyotchilar orasida “Elektron pedagogika” atamasi keng muhokama etilmoqda. Pedagogikaning bir qismi sifatida uning maqsad va vazifalari, predmeti va mavzusi shakllantirilmoqda.
    “Ijtimoiy fanlar” turkumiga kiruvchi fanlar Internet tarmog’ida yoshlarning ongiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning oldini olish, cheklash, muqobil virtual muhitni yaratishning ijtimoiy-siyosiy asoslarini shakllantiradi.
    Hozirgi davrda axborot texnologiyalari va turmushimizning barcha sohalar bir-biriga ta’sir etgan holda rivojlanayotganligi kabi “Axborot texnologiyalari” fani ham oliy ta’lim tizimidagi barcha fanlarga ijobiy ta’sir etmoqda va ularning ta’sirida rivojlanmoqda.
    “Axborot texnologiyalari” fani boshqa fanlar bilan bog’liq holda o’qitilishi bilan bir qatorda bakalavr va magistratura talabalarining kurs va diplom ishlarini tanlashda axborot texnologiyalarining til o’qitish metodikasiga jadal yo’naltirishda ham yordam beradi.

    Download 8,19 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




    Download 8,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorijiy tillarni o’qitishda axborot texnologiyalarining o’rni

    Download 8,19 Mb.