|
Raqamli qtisodiyot va tadbirkorlik
|
bet | 14/94 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 8,19 Mb. | | #131132 |
Bog'liq AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MAJMUA (1)Superkompyuterlar - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo’ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi.
S haxsiy kompyuterlar (ShK) hammabop va qo’llashda turli xil talablarni qondiruchi, bir kishi foydalanadigan kompyuterlardir. Shaxsiy kompyuterlarga kundalik ishlarimizda qo’llaydigan, uyda, ish joylarida joylashgan kompyuterlar, masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi.
P ortativ kompyuterlar yo’lda olib yurishga mo’ljallangan ko’chma shaxsiy kompyuterlardir. Portativ kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elektron kotiblar (PDA), organizer kabi kompyuterlarni kiritishimiz mumkin.
«Lap Top» turidagi portativ kompyuterlar «diplomat» hajmidagi kichiq chemodanchalar ko’rinishida tayyorlanadi. Apparat va dasturiy ta‘minot ularning eng yaxshi ko’chmas ShKlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.
Kompyuter-bloknotlar (Note Book va Sub Note Book, shuningdek, ularni Omni Book - «har yerda hozir» deb ham atashadi) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo’lmagan kitob hajmidagi chemodancha ko’rinishida tayyorlanadi. O’z xususiyatlariga ko’ra ko’p jihatdan Lap Topga mos keladi, faqat o’lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadi.
Kompyuter-bloknotlarning ko’pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash tarmog’iga ulanish uchun modemlarga ega aloqani ta‘minlaydi. Ular uncha katta bo’lmagan hajmdagi suyuq kristalli monoxrom va rangli displeylarga ega. Klaviaturasi har doim qisqa, Tpack Point va Tpack Pad turidagi manipulyatorlarga ega.
Cho’ntak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma‘noni bildiradi) 300 gramm og’irlikka ega. Ular to’laqonli shaxsiy kompyuterlar bo’lib, mikroprotsessor operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko’chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo’limlariga ega.
E lektron kotiblar (PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba'zan Hand Help - qo’l yordamchisi deb atashadi) cho’ntak kompyuteri shakliga ega (og’irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palm Topga nisbatan keng funksional imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon raqamlarini saqlovchi elektron ma‘lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ro’yxatlari, harajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo’naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta‘minot), maxsus matnli, ba'zan esa grafik muharrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.
|
| |