Amaliy mashg'ulot topshirug'i.
1. Proyektorning asosiy vazifasi haqida ma'lumot bering.
2. Elektron doskaning vazifasini tavsiflang.
3. Multimediya vositalarining ta'lim sohasida tutgan o'rnini izohlab bering
3-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Kompyuter lingafon sinflarida amaliy ishlash.
Mashg’ulotning maqsadi: Kompyuter lingafon sinflarida amaliy ishlash haqidagi ko’nikmalarni shakllantirish.
Lingafon xonasi - audiovizual usulda o'quvchilarga og'zaki nutq qobiliyatlari, ona tili so'zlashuvi, mutaxassislik bo'yicha kasbiy mahorat va boshqalarni o'rgatish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratishga imkon beruvchi kompleks video, audio va multimediya uskunalari bilan jihozlangan maxsus auditoriya.
Lingafon so’zi lotincha linqua — til va yunoncha phone — tovush, nutq so’zlaridan olingan. Zamonaviy o'quv jarayonida lingofon xonalaridan foydalanish doirasi kengayib bormoqda. Zamonaviy lingofon xonalarini ishlatish bugungi kunda juda oson bo’lib ulardan foydalanish o'qituvchilar va talabalardan qo'shimcha bilimlar talab qilmaydi.
Lingafon xonalari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Web-kamera va eshitish vositasi bo'lgan o’qituvchi kompyuteri;
Ovozli ma'lumotlarni yozish va saqlash uchun server; 9щ
MP3 pleer yoki DVD pleer;
Eshitish vositasi (yoki kompyuter) bilan tinglovchining ovozli paneli;
Kommutatsiya tizimi;
Maxsus dasturiy ta'minot to'plami;
4-Amaliy mashg’ulot: Mytest dasturi yordamida test yaratish va uni sozlash.
Mashg’ulotning maqsadi: Mytest dasturi yordamida test yaratish va uni sozlash haqida amaliy ko’nikmalarni egallsh.
Nazariy ma’lumot.
ARM rahbarlaridan iborat 10 kishilik guruh tashkil qilindi. Mashg‘ulotlar boshlanmasidan avval ularning avtomatlashtirilgan tizim to‘g‘risidagi bilim, malaka va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida, har bir modul bo‘yicha alohida test o‘tkazildi. Test o‘tkazish uchun dastlab, modullar bo‘yicha test savollari «My test» dasturiga alohida fayllar asosida kiritildi.
Dasturda har bir modul bo‘yicha testlarni shakllantirishda testning qiyinlik darajasi, belgilangan vaqti, savol-javoblar tartibi (tasodifiy, odatiy) hamda testga doir rasm va diagrammalar mavjud bo‘lsa.Shunday qilib, mavzular bo‘yicha 5 ta moduldan test savollari joylashtirildi. Kataloglashtiruvchining AIO‘ moduli bo‘yicha 36 ta test savollari, Kutubxonachining AIO‘ uchun 20 ta test savollari, Kitobxonning AIO‘ moduli bo‘yicha 15 ta test savollari, Administratorning AIO‘ moduli bo‘yicha 20 ta test savollari va Komplektatorning AIO‘ moduli bo‘yicha 10 ta test savollar va javoblar tartibi «tasodifiy» berildi. Baholash tizimi 100 ballik tizim asosida olib borildi. Test vaqti cheklangan bo‘lib, tinglovchilar shaxsiy elektron kabineti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, belgilangan test natijalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastur serveriga kelib tushadi (3-rasm). Demak, ARM rahbarlaridan iborat 10 kishilik guruhni mashg‘ulotlar boshlanmasidan avval kataloglashtiruvchining avtomatlashtirilgan ish o‘rni moduli bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalari 1-diagrammadagidek amalga oshiriladi. Diagrammadan ko‘rinadiki, Atamuhamedova Nargiza 40 foizlik natijaga erishgan. Bu boshqa tinglovchilarga qaraganda, ajralib turibdi. Aniqlanishicha, Atamuhamedova Nargiza Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha avval bo‘lib o‘tgan seminar-treninglarda ishtirok etgan ekan. Qolgan tinglovchilarning erishgan natijalari deyarli bir xil. Adminsratorning avtomatlashtirilgan ish o‘rni moduli bo‘yicha o‘tkazilgan test natijalari 2-diagrammadagidek amalga oshirildi.
Avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimini o‘rgatish bo‘yicha 48 soatlik maxsus kurs tashkil qilindi. Avtomatlashtirilgan tizimning har bir moduli bo‘yicha alohida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Kataloglashtiruvchining AIO‘ modulini o‘rganish bo‘yicha 16 soat, Adminstratorning AIO‘ moduli uchun 6 soat, Kutubxonachining AIO‘ moduli uchun 6 soat, Kitobxonning AIO‘ uchun 4 soat va Komlektatorning AIO‘ uchun 4 soat, mustaqil ishlarni bajarishga 12 soat ajratildi. Mashg‘ulot davomida an’anaviy va interfaol ta’lim metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, Power Point taqdimot dasturida ishlab chiqilgan slaydlar yordamida dars berildi. Har bir modul o‘qitilgandan so‘ng, tinglovchilarning mashg‘ulotlarni o‘zlashtirish darajasi test o‘tkazish usulida aniqlandi. Kataloglashtiruvchining AIO‘ bo‘yicha olingan test natijalari 6-diagrammada berildi. Olingan natijalarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, «Kataloglashtiruvchining AIO‘» moduli to‘g‘risida mashg‘ulotlarda ishtirok etgan tinglovchilardan sakkiz nafari qoniqarsiz baholangan. Ikki nafar tinglovchi berilgan savollarga qoniqarli javob bergan. O‘qituvchi tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotlar yetarlicha ijobiy natija bermagani uchun tinglovchilarga «Kataloglashtiruvchining AIO‘» bo‘yicha tayyorlangan multimediali o‘quv-dasturidan mustaqil ravishda foydalanish topshirildi. Ulardan biri bir, ikki, uch va undan ortiq bo‘lgan muallifli kitoblarning bibliografik tavsifini yaratishga mo‘ljallangan elektron multimediali qo‘llanma bo‘lib, u Flash Player dasturi yordamida gipermurojaat orqali ishga tushirilishi yoki o‘rnatilishi mumkin. Misol uchun, bir muallifli kitob bibliografik tavsif elementlarini kiritish bo‘yicha yaratilgan multimediali qo‘llanmani 4-rasmda ko‘raylik.
Shuningdek, tinglovchilarga avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimida ishlashni o‘rgatuvchi elektron multimediali qo‘llanma ham mustaqil ravishda foydalanishlari uchun berildi. Multimediali qo‘llanma ishga tushirilgandan so‘ng, uning titul varag‘i sahifasi ochiladi. Titul varaqasi sahifasida elektron multimediali qo‘llanmani ishlab chiqishdan maqsad, institut to‘g‘risida ma’lumot, qo‘llanma nomi, mundarija va mualliflar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Multimediali qo‘llanmalardan tashqari ARM faoliyatiga oid soha mutaxassislarining elektron kitoblari va Power Point taqdimot dasturida ishlab chiqilgan slaydlar majmuasidan iborat elektron kutubxona ham foydalanishga topshirildi. Bunda asosan korporativ axborot-resurs markazlarining avtomatlashtirilgan tizimi, elektron kutubxona tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy, ilmiy-ta’limiy axborotlar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyalari, davriy nashrlar elektron katalogini yaratish texnologiyasi, elektron bibliografik resurslar yaratish texnologiyasi va manbalari kabi elektron kitoblar hamda taqdimotlar gipermurojaat shaklida berilgan 9.1-rasm.
1-rasm.
2-rasm. “My test” dasturining “Test tahrirlagichi” ish o‘rni
3-rasm. Testning qiyinlik darajasi, vaqtini belgilash, rasmlar joylashtirish.
|