83
MYTni PMKdan asosiy farqi ularda boshqaruv algoritmining ya’ni
kuchli kontroller va MEK 61131-3 tiliga ehtiyoj yo`qligi,
shuningdek arxiv
yuritish uchun katta hajmdagi xotira mavjudligidir. MYTni har qanday
PMKga ko`rishmu mkin bo`lganligi bilan, yuqorida ko`rsatilgan o`ziga
xosligi bilan ular bozorning alohida segmentini egallaydi va ularni
avtomatlashtirish tizimining alohida guruhiga ajratadi.
MYT real vaqtda qo`llanilishi mumkin, masalan,
har xil jarayonlarni
monitoring (kuzatish), texnologik jarayonlarda avariya holatlarini identifikat-
siyalash, shuningdek ma’lumotlarni arxivlashda qo`llanilishi mumkin. Real
vaqt tizimlarida joriy ma’lumotlar xalqa buferda birmuncha berilgan vaqt
mobaynida saqlanadi, u yerda eskirgan ma’lumotlar
yangi kelib tushgan
ma’lumotlar tomonidan siqiladi. Arxivlash tizimlarida katta xajmdagi
informatsiyalarni yig‘uvchilar (to`plovchilar) qo`llaniladi va ma’lumotlar
yig‘ish tamom bo`lgandan keyin qayta ishlanadi.
Kompyuter asosida ko`rilgan MYT lar odatda (ko`chmas) statsionar
hisoblanadi
va MATLAB, LabVIEW, MS Excel kabi universal dasturiy
ta’minotini qo`llaydi. Bu dasturlar nafaqat ma’lumotlarni yig‘adi, balki ularni
qayta ishlaydi.