89
Avtomatika elementlarining funksiyalari har xil bo`lishiga qaramay,
ularning parametrlari umumiy hisoblanadi va ularga qiyidagilar kiradi:
- statik va dinamik rejimlardagi tavsifnomalari;
- uzatish koeffitsiyenti (sezgirlik, kuchaytirish va stabilizatsiya
koeffitsiyentlari);
- xatolik (nostabillik);
- sezgirlik chegarasi.
Har bir avtomatika elementi uchun turgunlashgan rejimda kirish
x va
chiqish signallari
u orasida
u=f(x) bog’liqlik mavjud. Ushbu bog’liqlik
elementning statik tavsifnomasi deyiladi. Ularni uch guruhga ajratiladi:
a) chiziqli, b) uzluksiz nochiziqli, v) nochiziqli uzlukli (1.1-rasm).