90
kattalik ikkinchisiga o`tadi. Bu holda o`zgartirish koeffitsiyenti
element
sezgirligi deyiladi.
Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi –
element
(kirish kattaligi o`zgarishiga bog’liq bo`lmagan) chiqish kattaligining
o`zgarishidan hosil bo`lgan o`zgartirish xatosidir.
Bu xatoga sabab atrof-
muhit haroratining, ta’minlash kuchlanishining o`zgarishi va kabilar bo`lishi
mumkin. Element xarakteristikalarining o`zgarishi natijasida paydo
bo`ladigan xato
nostabillik deb ataladi.
Ba’zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o`rtasida ko`p qiy-
matli bog`lanish mavjud.
Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar
sabab bo`lishi mumkin. Bunda kattalikning har bir kirish qiymatiga uning bir
necha chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu
hodisa bilan bog’liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini
sezilarli darajada
o`zgartirish qobiliyatiga ega bo`lgan qiymati
sezgirlik chegarasi deyiladi.
Avtomatika
elementlari
mustahkamlik
bilan
ham
harakterlanadi.
Elementlarning
sanoat
ekspluatatsiyasida
o`z
parametrlarini
yo`l
qo`yiladigan chegarada saqlash qobiliyatiga
mustahkamlik deb ataladi.
Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida
hisoblanadi va uni ishlab
chiqarilgandan so`ng ekspluatatsiya jarayonida sinaladi.