98
to`xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu holatlarni chetlashtirishga xizmat
qiladi.
Avtomatik rostlashda texnologik jarayonning
berilgan parameterlarini
avtomatik ravishda rostlagichlar yordamida saqlanadi. Bunda odam
avtomatik rostlash tizimining ishini kuzatib turadi.
Texnologik operatsiyalarni berilgan ketma-ketlikda avtomatik ravishda
amalga oshirish va boshqarish ob’ektiga ma’lum ketma-ketlikda ta’sir
kursatish
avtomatik boshqarish deb yuritiladi.
Ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning
holati uch davr bilan bog`liq.
Birinchi davrda ayrim texnologik jarayonlar avtomatlashtiriladi. Bu
xolda shkalalari yaxshi kurinadigan yirik asboblar ishlatiladi.
Bu asbob-
larning korpusida o`lchov asbobi, rostlagich va zadatchik joylashadi.
Ikkinchi davr-ishlab chiqarishdagi ayrim texnologik jarayonlarning
kompleks avtomatlashtirish davri. Bunda boshqarish alohida shitga
o`rnatilgan asboblar bo`yicha olib boriladi. Kichik hajmdagi ikkilamchi
asboblar barpo etiladi.
Uchinchi davr - batamom to`liq avtomatlashtirish davri.
Bunda agregat
va sexlar to`la avtomatlashtiriladi. Bu bosqichda boshqarish yagona
dispetcherlik
punktida
markazlashtiriladi.
Korxonaning
to`liq
avtomatlashtirilishi uning avtomat- zavodga aylanishi demakdir.
ABS lari asosan ikki xil ko`rinishda ega: birinchi turga boshqaruvchi va
boshqariluvchi qismlar o`zaro ketma-ket bog`langan va bir-biriga ochiq
zanjir bo`yicha o`zaro ta’sir ko`rsatadigan avtomatik boshqarish tizimlari
kiradi.
Ochik zanjirli ABS larida ob’ektlarning ishga tushishi, ishlashi va
to`xtashi ma’lum vaqt (davr) oraligida oldindan berilgan programmasi asosan
o`tadi, ob’ektdagi texnologik protsesslar undagi miqdor va sifat
uzgarishlariga bog`liq bo`lmaydi.
Bunday tizimlarga misol sifatida asinxron elektr
yuritmaning ishga tushi-
shi, ma’lum vaqt oraligida boshqarilmaydigan rejimda ishlashi (o`z holicha)
va ish davri tamom bo`lgach tutashdan iborat programmaga muvofiq
ishlashini ko`rsatish mumkin. Avtomatik manipulyatorlar va texnologik oqim
liniyalar ham oldindan belgilangan programmaga muvofiq ishlaydi.