• 11.3. Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalar
  • Ochiq va berk sikllar bo`yicha rostlash




    Download 2,28 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet57/72
    Sana12.02.2024
    Hajmi2,28 Mb.
    #155309
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
    Bog'liq
    RAQAMLI TEXNIKAGA

    Ochiq va berk sikllar bo`yicha rostlash. Tizimning ish jarayonida 
    rostlanadigan miqdorni belgilangan chegarada saqlash yoki topshiriqdagi 
    qonun bo`yicha o`zgartirish rostlanishning ochiq yoki berk sikllari bo`yicha 
    bajarilish mumkin. Ketma-ket ulangan: boshqarish ob’ekti BO, rostlanuvchi 
    organ RO, rostlagich R va topshirgich T (bu qurilma yordamida tizimga 
    topshiruvchi ta’sir x(t) beriladi) dan tuzilgan tizimni ko`rib chiqamiz.  
    Ochiq sikl (11.3 - rasm, a) bo`yicha rostlashda topshirgichdan rost-
    lagichga keladigan topshiruvchi ta’sir ob’ektga bu ta’sir natijasining funk-
    siyasi bo`lmaydi, balki u operator tomonidan topshiriladi. Topshiruvchi 
    ta’sirning ma’lum qiymatiga rostlanadigan miqdor y(t) ning ma’lum joriy 
    qiymati mos keladi. Bu joriy qiymat g‘alayonlantiruvchi ta’sir F(t) ga 
    bog‘liq. Ochiq tizim aslida uzatish zanjiridan iborat bo`lib, topshirgichdan 
    berilgan topshiruvchi ta’sir x(t) rostlagichda ichki ta’sirlar Z
    1
    (t); Z
    2
    (t) 
    vositasida kerakligicha ishlagandan keyin rostlsh ob’ektiga uzatiladi, ammo 
    ob’ekt rostlagichga teskari ta’sir etmaydi 


    103 
    11.3,a -rasm. Ochiq (a) sikl buyicha rostlash sxemaci 
     
    11.3,b-rasm. Berk sikl buyicha rostlash sxemasi: 
    T - topshirgich; R– rostlagich; RO – rostlovchi organ; BO- rostlash ob’ekti; 
    x(t) - topshiruvchi ta’sir; Z
    1
    (t) va Z
    2
    (t) – ichki rostlovchi ta’sir; y(t) – 
    rostlanadigan miqdor; F(t) - g‘alayonlantiruvchi ta’sir. 
    11.3. Avtomatik rostlash tizimlarida teskari aloqalar 
     
    Rostlanuvchi kattalikning yo`l qo`yilgan qiymatidan oshib ketishi, 
    odatda, rostlash jarayonini oraliq davrda stabillashga mo`ljallangan teskari 
    aloqa qurilmalari yordamida bartaraf qilinadi. 
    Teskari aloqa tizimdagi keyingi bo`g‘inning chiqish signali undan oldin 
    keladigan bo`g‘inning kirishiga uzatadigan qurilma hisoblanadi. Avtomatik 
    tizim tarkibiga kirgan elementlar detektorlash qobiliyatiga ega, ya’ni ularning 
    harakati muayyan yo`nalishga ega: bo`g‘inning kirishiga keladigan signal 
    bo`g‘indan faqat bir yo`nalishda kirishdan chiqish tomonga o`tadi. Agar 
    bo`g‘inning chiqishidagi signal o`zgarsa, bu bo`g‘inning kirishiga kelgan 
    signal tizimiga ta’sir qiladi. Bo`g‘inlardan birining kirishiga kelgan signal 
    tizimning 
    barcha 
    bo`g‘inlaridan 
    o`tib 
    boshlang‘ich 
    kirishga 
    tranformatsiyalangan holda kelgan yopiq tizim teskari aloqa tizimi deyiladi. 
    Teskari aloqaning vazifasini va ishlash prinsipini o`zgarmas tok motori-
    ning aylanish chastotasini boshqarish tizimi misolida qo`rib chiqamiz. Bu 
    yerda motor rostlash ob’ekti, motorning aylanish chastotasi esa rostlanuvchi 
    miqdor bo`ladi. Rostlanuvchi miqdorni topshiriqdagi chegarada saqlash 
    uchun ob’ektga beriladigan rostlovchi ta’sir rostlanuvchi miqdorning 
    qiymatini hisobga olgan holda shakllanadi. Motorning valiga o`rnatilgan 
    taxogenerator rostlanuvchi miqdorning elektrik signalga-taxogeneratorning 
    e.yu.k. ga aylantiradi; ushbu kattalik (e.yu.k) ta’sir zanjiri bo`ylab 
    rostlanuvchi ob’ektga uzatiladi. 


    104 
    11.4- rasm. Elastik teskari bog‘lanish sxemalari; 
    a, b, v - differensiallovchi; g, d – integrallovchi 
    Bu tizim taxogenerator - motorning aylanish chastotasini avtomatik 
    rostlash tizimida chiqish bilan kirish orasida aloqa o`rnatadi. Bunday aloqa 
    teskari aloqa deb ataladi. “Teskari aloqa” terminining kelib
    chiqishiga sabab shuki, bu aloqaning ta’siri rostlovchi ta’sir yo`nalishiga 
    teskari yo`nalgan. Rostlovchi ta’sir tizimning elementlari orqali rostlash 
    ob’ektiga to`g‘ri yo`nalishda yuboriladi. Agar tizimning kirishiga 
    yuborilayotgan teskari aloqaning ta’siri o`zining ishorasi jihatidan 
    topshiruvchi ta’sirning ishorasiga mos kelmasa, u holda bunday aloqa manfiy 
    teskari aloqa deb ataladi.
    Agar tizimning kirishiga yuborilayotgan teskari aloqaning ta’siri 
    ishorasi jihatidan topshiruvchi ta’sirning ishorasiga mos kelsa, u holda 
    bunday aloqa musbat teskari aloqa deb ataladi. 
    ART ning ishiga barqaror rejimda ham, o`tkinchi rejimda ham ta’sir 
    ko`rsatuvchi teskari aloqa bikr qattiq teskari aloqa deyiladi. Bu bog‘lanish ish 
    rejimini tanlamaydi, balki tizimga har vaqt ta’sir etadi. 
    ART ning ishiga fakat o`tkinchi jarayonda ta’sir ko`rsatuvchi teskari 
    bog‘lanish elastik teskari aloqa deb ataladi. Elastik teskari aloqalar ularning 
    kirishiga uzatilgan ta’sirlarning orttirmasiga javob beradi (rejimni tanlaydi). 
    Eng ko`p ishlatiladigan elastik teskari aloqalarning sxemalari 11.4-rasmda 
    keltirilgan. Ta’sirlarning hosilalariga javob beruvchi elastik bog‘lanishlar 


    105 
    differensiallovchi, ta’sirlardan olingan integrallarga javob beruvchilari esa 
    integrallovchi elastik aloqalar deyiladi. 
    11.5- rasm. Avtomatik rostlashni eng oddiy tizimining sxemasi: 
    1-rostlash ob’ekti; 2 - asosiy teskari bog‘lanish elementi, 3- taqqoslash 
    elementi; 4- kuchaytirgich; 5- ijro mexanizmi; 6- mahalliy teskari bog‘lanish 
    elementi (korrektlovchi element). 
    Agar avtomatik rostlash tizimida tizimning chiqishi uning kirishi bilan 
    biriksa, u holda bunday teskari aloqa asosiy teskari aloka deb ataladi. Asosiy 
    teskari alokalardan tashqari, mahalliy teskari aloqalar xam keng ko`lamda 
    qo`llaniladi; bular xam bikr va elastik bo`ladi va ayrim elementlarning chiqishi 
    bilan kirishini birlashtirib, ayrim elementlarning rostlanish xususiyatlarini 
    yaxshilash uchun xizmat qiladi.
    Ko`pincha, bunday aloqalar korrektlovchi deb ham ataladi, chunki ular 
    alohida elementlarning yoki elementlar guruhining ishini to`g‘irlaydi. Ko`pchilik 
    rostlash tizimlari uchun tipik bo`lgan elementlar bilan jihozlangan avtomatik 
    rostlash tizimining sxemasi 11.5-rasmda keltirilgan. 
    Ba’zi rostlash tizimlarida elementlarning bir qismi (masalan, bevosita 
    rostlash tizimlarida kuchaytirgichlar yoki to`g‘rilovchi elementlar) yo 
    bo`lmasligi, yohud bir elementning o`zida konstruktiv birlashtirilgan bo`lishi 
    mumkin. 

    Download 2,28 Mb.
    1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




    Download 2,28 Mb.
    Pdf ko'rish