• Tajovuzkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash
  • Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish




    Download 21,66 Kb.
    bet2/3
    Sana15.12.2023
    Hajmi21,66 Kb.
    #119473
    1   2   3
    Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish

    Bunday umumlashtirish 3.3-jadval yordamida amalga oshiriladi.
    SHuni ham qayd qilib o’tish lozimki, tahlil o’ylab o’tirmay qo’llayveradigan algoritm emas. Dastlabki ma’lumotlardan foydalanish ham, natijalarni talqin qilish ham ijodiy yondashuvni talab qiladi. Bunday tahlil bir martali jarayon bo’lmay, real o’zgarishlarni hamda uni qo’llash amaliyotining natijalarini xisobga olgan xolda davriy takrorlab turishni talab qiladi.

      1. Tajovuzkor kompaniyalarni aniqlash. Raqiblarning maqsadlari va strategiyalarini turkumlash

    Porterning uchinchi kuchi xaridorlarning «savdolashish» imkoniyatidir. U eng yaxshi sifat yoki xizmat ko’rsatishga bo’lgan talab tufayli narxlarga bosim ko’rsatish xavfini vujudga keltiradi. Zaif xaridorlar esa, aksincha, narxlarning o’sishiga va daromadning ortishiga yul qo’yadilar.

    Xaridorlar quyidagi hollarda ayniqsa kuchlidirlar23:


    • yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo’lib, xaridorlar kam bo’lganda;


    • xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda;


    • tarmoq o’z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada bog’liq bo’lganda;


    • xaridorlar bir necha yetkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif qilayotgan bittasini tanlash imkoniyatiga ega bo’lganda (bu ushbu tarmoqda narx raqobatini kuchaytiradi);


    • xaridorlar uchun turli kompaniyalardan tovar sotish olishni iqtisodiy jixatdan yaxlit bitta xarid deb qarash mumkin bo’lganda va xokazo;


    Turtinchi raqobat kuchi yetkazib beruvchilarning bosim ko’rsatishidir. Bu bosim natijasida yetkazib beruvchilar narxlarni ko’tarish bilan taxdid solib, kompaniyalarni yetkazib berilayotgan mahsulot miqdorini kamaytirishga majbur qiladi va daromadni pasaytiradi. Bunga muqobil ravishda - zaif yetkazib beruvchilar o’z mahsulotlariga bo’lgan narxni pasaytirishga va yuqoriroq sifatni talab qilishga imkon beradilar. Quyidagi xollarda yetkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan bosim ayniqsa kuchli bo’ladi:


    • yetkazib berilayotgan mahsulotning o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lib, u kompaniyaning ishonchli mahsuloti bo’lganda;


    • tarmoqdagi kompaniyalar ta’minotchi rorxonalar uchun muxim bo’lmaganda;


    • yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifati yuqoriligi tufayli kompaniyalarning boshqa mahsulotga o’tishi qimmatga tushganda;


    • yetkazib beruvchilar ilgari tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalanganda;


    • sotib oluvchi kompaniyalar orqaga tomon vertikal integratsiyalanish xavfidan foydalana olmaganda.


    Beshinchi raqobatchi kuch tovarning o’rnini bosuvchi mahsulotlarning paydo bo’lish xavfidir. Tovarning o’rnini tuliq bosa oladigan mahsulotlarning mavjudlgi jiddiy xavf tug’diradi va kompaniyaning narxlarini xamda daromadlarini cheklab qo’yadi. Ammo, agar kompaniya mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan tovarlar kam bo’lsa, kompaniya narxlarni oshirishi va qo’shimcha daromad olishi mumkin. Kompaniyaning strategiyasi bu faktdan foydalana olishi lozim.


    Tarmoqdagi raqobat darajasiga ko’ra quyidagilarga bo’lanadi:


    1. SHavqatsiz raqobat


    2. Intensiv raqobat


    3. Meyordagi raqobat


    4. Jalb qiluvchi zaif raqobat


    Bozorga yangi kirib kelgan orxona yangi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lishi , ayrim xollarda kattagina resurslarga ega bo’lishi mumkin. Bunday Korxonalar bozorda o’z o’rnini topib egallash uchun kurashadi.




      1. Download 21,66 Kb.
    1   2   3




    Download 21,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Soha va raqobat tahlillarini umumlashtirish

    Download 21,66 Kb.