|
Tarmoqqa kirish uchun to‘siqlar
|
bet | 4/9 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #257236 |
Bog'liq 8-Mavzu. Raqobatli strategiyalarTarmoqqa kirish uchun to‘siqlar - Ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to‘siqlar, shu jumladan, moliyaviy to‘siqlar ko‘p holatlarda shunchalik katta bo‘ladiki, bu tarmoqqa kirishni taqiqlash bilan barobar. Masalan, yirik ishlab chiqaruvchi hisoblangan avtomobil sanoatiga kirish, yangi texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib olishga juda katta pul-kapitali talab qiladi.
Tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to‘siqlar - Buning mazmuni shundan iboratki, bir qancha tarmoqlarda raqobat mavjud bo‘lmaydi, uni amalga oshirish mumkin emas. Ijtimoiy foydalanishdagi bunday tarmoq korxonalari tabiiy monopoliyalar deyiladi. Tabiiy monopoliyalarga elektr, gaz, suv ta’minoti va aloqa korxonalari misol bo‘la oladi.
Patent va litsenziyalar kabi qonuniy to‘siqlar - Davlat patent va litsenziyalar berib tarmoqqa kirish uchun qonuniy to'siqlar ham yaratadi.
- Tarmoqqa kirish yoki faoliyat turi bilan shug‘ullanish davlat tomonidan litsenziya berish yo‘li bilan cheklanishi mumkin.
- Masalan, davlat miqyosida radio va televizion eshittirishlarga tegishli vazirlik litsenziya beradi.
Girrom raqobat - Firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish, bahoni keskin tushirish girrom raqobatning oddiy usullaridir.
Oligopoliya - Oligopoliya - tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud bolishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir.
- Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar- fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretalar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqa lashgan oligopoliya hisoblanadi. - Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi mumkin: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir va shu kabilar- fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretalar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqa lashgan oligopoliya hisoblanadi.
Intensivlik darajasi bo‘yicha
- raqobat subyekti mazkur segmentda oldingi segmentdagiga nisbatan ko‘proq foyda oladi;
Jalb etuvchi raqobat
- mazkur raqobat tovar bozorida raqobatni ushlab turadi;
Chegaralangan raqobat
- raqobat nisbatan intensiv, raqobatchilar bir-birini bozordan siqib chiqarishga, ulushini tortib olishga harakat qiladi.
Shafqatsiz raqobat
Ehtiyojlarni qondirish shakli bo‘yicha:
- bu raqobatning shunday turli xil tovarlar o‘zaro bir-bir bilan raqobatlashadi. Bu tovar ayni o‘sha ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Funksional raqobat
- mazmuniga ko‘ra funksional raqobatga yaqin turadi.Tur raqobat bitta maqsadga yo‘naltirilgan lekin bir-biri bilan uncha katta farqga ega bo‘lmagan o‘xshash tovarlar ishlab chiqarish ishlari o‘rtasidagi raqobatdir.
Tur raqobat
- bu raqobatda bir-xil tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi faqat sifati bilan farqlanuvchi raqobat turi hisoblanadi. Bu farq umuman bo‘lmasligi mumkin yoki minimal bo‘lishi mumkin. Raqobatning ushbu turi qoidaga ko‘ra raqobatning strategiyasini ishlab chiqarishga e’tiborini qaratadi.
Predmet raqobati
|
| |