|
-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
|
bet | 3/9 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #257236 |
Bog'liq 8-Mavzu. Raqobatli strategiyalar1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi tovar yoki moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga, shuningdek raqobat yoki tabiiy monopoliya sharoitlarida iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarni nazorat qilishni amalga oshirish hamda ularga chek qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lgan, raqobat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu qonun 9-bob 49-moddadan iborat
2. Raqobat turlari va shakllari
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopoliya va oligopoliyadir
Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo‘ladi - Tarmoq ichida, ya’ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o'rtasidagi raqobat va tarmoqlararo, ya’ni turli tarmoqlardagi korxonalar o‘rtasidagi raqobat.
- Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo'shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
- Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
- Bunday raqobat foyda normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi.
Monopoliya - Monopoliya yunon tilidan olingan bo‘lib, mono - “tanho” va poleo - “sotaman” degan ma’noni bildirib, yakka hokimlik yoki hukmronlikni anglatadi, ya’ni monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.
|
| |