|
Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari
|
bet | 7/9 | Sana | 30.05.2024 | Hajmi | 1,24 Mb. | | #257236 |
Bog'liq 8-Mavzu. Raqobatli strategiyalar5. Raqobatbardoshlikning mazmuni va shakllari
Raqobatbardoshlik
kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va ushbu ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir
Raqobatbardoshlik ko‘p darajali shakllarga ega:
tovarning raqobatbardoshligi;
xodimning raqobatbardoshligi;
tovar ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligi;
tarmoqning raqobatbardoshligi;
mamlakatning raqobatbardoshligi (yoki milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi).
Raqobatbardoshlikka ta’sir etuvchi omillar:
Raqobatchi firmalar soni
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi
Bozordagi talab hajmini o‘rganish
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish harakatlari
Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi
Bozorga kirib kelish va uning darajasi
Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat
Raqiblar strategiyasidagi farqlar
6. Raqobat konsepsiyasi
Maykl Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konsepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o‘zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potensial raqiblar, o‘rinbosar tovarlar, mijozlar va yetkazib beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog‘liqdir.
Potensial raqiblar va o‘rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg‘otsa, mijozlar va yetkazib beruvchilar esa o‘zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi.
Raqobatning besh kuchi quyidagilar:
Mavjud kompaniyalar uchun yangi raqobatchilar, yangi qatnashuvchilarni bozorda paydo bo‘lishi imkoniyati;
Iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilariga ta’minotchilaning ta’sir etish imkoniti;
Xaridorlarning bozorda hukmronligi;
Ma’lum tovar o‘rinbosarlarining bozorda paydo bo‘lish imkoniyati;
Bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat.
|
| |