|
Rashid turgunbaev
|
bet | 5/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA7
|
Inches
|
|
Height
|
Orientation
|
Artboards
|
5
|
1 m I
|
|
Resolution
|
300
|
Pixels/lnch
|
|
Color Mode
|
RGB Color
|
|
8 bit
|
Background Contents
|
|
White
|
|
■
|
> Advanced Options
|
|
|
Create
|
C Close )
|
Yangi hujjatning nomini belgilash;
Width va Height: hujjatning o‘lchamlarini belgilash; ochiluvchi menyudan o‘lchov birligini belgilash;
Orientation: hujjat varog‘ining yo‘nalishini belgilash;
Artboards: hujjatga artboard elementlarini qo‘shish;
Resolution: hujjatning nuqtalar zichligini belgilash;
Color Mode: hujjatning ranglar rejimini belgilash;
Background Contents: hujjatning orqa fon rangini belgilash mumkin.
Foydalanuvchi o‘lcham andozasini saqlash
Mavjud o‘lcham andozasini yangi qiymatlar bilan saqlash yoki yangi o‘lcham andozasi sifatida saqlash mumkin. Yangi o‘lcham andozasini yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
O‘lcham andozasining qiymatlarini belgilagandan keying o‘lcham andozasi
xususiyatlari panelida Q tugmasi bosiladi;
Yangi o‘lcham andozasi uchun nom beriladi;
Saqlash tugmasi bosiladi.
Yaratilgan o‘lcham andozasiga Yangi hujjat yaratish dialog oynasining Saved bo‘limidan murojaat qilish mumkin.
Stock andozalari yordamida yangi hujjat yaratish
Photoshop dasturida Adobe Stockdan turli hujjat andozalari mavjud. Andoza yordamida hujjat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Yangi hujjat yaratish dialog oynasida tasvir, chop etiluvchi, grafik, veb, mobil, video bo‘limi tanlanadi;
Bo‘limdan kerakli andoza tanlanadi;
Hujjat andozasini ko‘rib olish uchun dialog oynasining o‘ng qismidan See Preview tugmasi bosiladi;
Andoza Download tugmasi yordamida yuklab olinadi;
Hujjat andozasi yuklab olinganidan so‘ng Open tugmasi bosiladi.
Adobe Stockdan hujjat andozalarini izlash
Adobe Stockdan oldindan tanlangan hujjat andozalaridan tashqari Yangi hujjat yaratish dialog oynasidan boshqa hujjat andozalarini izlash va yuklab olish mumkin. Yangi hujjat yaratish dialog oynasida Adobe Stockdan hujjat andozalarini qidirish uchun matn kiritib Go tugmasi bosiladi. Photoshop dasturi Adobe Stock veb- sahifasini brauzer yordamida ochib beradi. Kiritilgan matn asosida topilgan hujjat andozalarini ko‘rib kerakligini yuklab olish mumkin.
^ Muxtahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Andozalar nimalardan iborat?
Andozalar qanday fayllarda saqlanadi?
O‘lcham andozalari deganda nimalar tushiniladi?
Andozalar qanday guruhlarga bo‘lingan?
Photoshop dasturida yangi hujjat qanday yaratilishi mumkin?
Yangi o‘lcham andozalari qanday yaratiladi?
Mavjud andoza yordamida yangu hujjat qanday yaratiladi?
Adobe Stock yordamida yangi hujjat yarating.
ISH SOHASI
Ish sohasi asoslari
Hujjatlar va fayllarning yaratilishi va ular bilan ishlashda oyna, panel, uskunalar kabi elementlrdan foydalaniladi. Ushbu elementlarning ixtiyoriy majmuasiga ish sohasi deyiladi. Foydalanuvchi Photoshop dasturini o‘z ehtiyojlarida kelib chiqqan holda oldindan belgilangan ish soha andozalaridan foydalanib yoki yangi ish soha andozasini yaratib sozlab olishi mumkin.
|
| |