|
Rashid turgunbaev
|
bet | 8/66 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #263336 |
Bog'liq Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMAUskuna yo‘riqnomasi
Photoshop dasturida muayyan bir uskuna qanday vazifa bajarishini bilib olish uchun uskunalar panelida joylashgan uskuna ustiga sichqon ko‘rsatkichi joylashtirib turilsa dastur ushbu uskuna bajaradigan amallar to‘g‘risidagi qisqa animatsion videoni namoyish etadi.
Ushbu yo‘riqnoma animatsiyalarini aks ettirmaslik uchun dasturning Edit menyusi Preferences bo‘limidan Tools qatori tanlanadi va ochilgan xususiyatlar dialog oynasidan Enable Rich Tooltips elementidan belgilashni olib tashlash kerak bo‘ladi.
Photoshop dasturida izlash
Photoshop dasturi yagona izlash dialogi orqali foydalanuvchi interfeysi elementlari, hujjatlar, yordamchi materiallar, Stock elementlarini izlash imkoniyatini beradi. Izlashni dastur ishga tushirilganidan so‘ng yoki biror bir hujjat ochilgandan so‘ng boshlash mumkin.
Izlashni boshlash uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
dasturning Edit menyusidan Search qatorini tanlash;
klaviaturadan Ctrl+F tugmalar kombinatsiyasini bosish;
dastur oynasining hususiyatlar panelining o‘ng qismida joylashgan ШШ tugmani bosish kerak bo‘ladi.
Photoshop dasturining izlash funksiyasi yordamida quyidagilarni topish mumkin:
Foydalanuvchi interfeysi elementlari:
uskunalar;
panellar;
menyu elementlari;
yangi hujjat andozalari;
ochilgan hujjatlar;
so‘nggi fayllar;
qavatlar;
smart obyektlar;
Yordamchi materiallar;
Stock elementlari.
Photoshop dasturining izlash funksiyasi faollashtirilganda quyidagi dialog oynasi aks ettiriladi:
P Search
All Photoshop Learn Stock Lr Photos
Dialog oynasida izlash natijalari quyidagicha tartiblanadi:
13
- All: izlash natijalarini barchasini Foydalanuvchi interfeysi elementlari, Yordamchi materiallar, Adobe Stock elementlari ketma-ketligida tartiblaydi:
|
| |