• Photoshop dasturining ish maydoni
  • Rashid turgunbaev




    Download 2,01 Mb.
    bet6/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Boshlang‘ich ish sohasi
    Photoshop dasturining boshlang‘ich ish sohasi foydalanuvchining oxirgi ishlatgan fayllari, bibliotekalari va o‘lcham andozalariga tezda murojaat qilish imkonini beradi. Photoshop dasturia boshlang‘ich ish sohasi dastur ishga
    tushirilganda yoki xech qanday hujjat ochiq bo‘lmaganda aks ettiriladi. Boshlang‘ich ish sohasidan chiqib ketish uchun klaviaturaning Esc tugmasini bosish kerak.
    Boshlang‘ich ish sohasini aks ettirishni boshqarish dasturning Edit menyusining Preferences bo‘limidan General qatori tanlanadi. Natijada ochilgan dialog oynasida Disable the Home Screen elementini belgilash kerak.
    Photoshop dasturining ish maydoni
    Photoshop dasturining ish maydoni quyidagi ko‘rinishga ega:





    Dasturning ish maydoni quyidagilardan tashkil topadi:

    1. Dastur oynasining yuqori qismida dasturning menyusi joylashgan;

    2. Dastur oynasining chap qismida rasm va hujjat elementlarini yaratish va tahrirlash uchun mo‘ljallangan uskunalar paneli joylashgan. Bog‘liq uskunalar guruhlangan;

    3. Dastur menyusining ostida joriy tanlangan uskunaning xususiyatlami boshqarish paneli joylashgan;

    4. Dastur oynasining markaziy qismida joriy ishlanib turilgan faylni aks ettiruvchi hujjat oynasi joylashgan;

    5. Dastur oynasining o‘ng qismida ish bajarilishini kuzatish va o‘zgartirish imkonini beruvchi panellar joylashgan.

    Photoshop dasturida barcha panellarni yashirish yoki aks ettirish uchun klaviaturaning Tab tugmasini bosish kerak. Uskunalar paneli va uskuna xususiyatlarini boshqarish panelidan tashqari barcha panellarni yashirish yoki aks ettirish uchun klaviaturadan Shift+Tab tugmalar kombinatsiyasini bosish kerak.
    Panel xususiyatlarini aks ettirish uchun panelning yuqori-o‘ng qismida
    joylashgan Ш tugmasini bosish kearak.






    Download 2,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




    Download 2,01 Mb.