• Ish sohalarni saqlash va almashtirish
  • Oynalar va panellarni boshqarish




    Download 2,01 Mb.
    bet7/66
    Sana13.06.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #263336
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
    Bog'liq
    Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

    Oynalar va panellarni boshqarish
    Foydalanuvchi hujjat oynasi va panellar joylashishini o‘zgartirib o‘zi istagan ko‘rinishdagi ish maydonini hosil qilib olishi mumkin. Hosil qilib olingan ish maydonini saqlab olish va bir nechta ish maydonlar o‘rtasida o‘tish mumkin.
    Ish sohalarni saqlash va almashtirish
    Photoshop dasturi joriy ochilgan panellar, ularning o‘lchamlari va joylashishini saqlab olish imkoniyatini beradi. Saqlab olingan ish sohasini istalgan vaqtda qayta tiklab olish mumkin. Saqlangan ish sohalar nomlari dasturing Windows menyusi Workspace bo‘limida aks ettiriladi.
    Foydalanuvchi ish sohasini saqlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:

    1. Dastur Windows menyusining Workspace bo‘limidan New Workspace qatorini tanlash;

    2. Ochilgan New Workspace dialog oynasida ish soha nomi kiritiladi:






    3. Qo‘shimcha sifatida joriy klavishlar kombinatsiyalari, menyular va uskunalar panellari to‘plamlarini dialog oynasidagi tegishli Keyboard Shortcuts, Menus, Toolbar elementlarini belgilab saqlab olish mumkin.
    Joriy ish sohasini almashtirish uchun dastur Windows menyusining Workspace bo‘limidan kearkli ish soha nomi tanlanadi. Biror bir saqlangan ish sohasini o‘chirish uchun dastur Windows menusining Workspace bo‘limidan Delete Workspace qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasidan o‘chirish kerak bo‘lgan ish soha nomi tanlanadi:

    Delete Workspace




    X

    Workspace: Mening ish soham

    V

    ^ Jlelete )







    Cancel






    Dastur bilan ishlash vaqtida foydalanish uchun turli panellar ochiladi. Photoshop dasturi ish sohasida bajarilgan oxirgi o‘zgarishlarni saqlab qoladi va navbatdagi ishga tushirilganda ish sohasini ushbu o‘zgarishlar bilan aks ettiradi. Joriy ish sohasida panellar joylashishining dastlabki holatiga qaytarish uchun dastur
    Windows menyusining Workspace bo‘limidan Reset [ish soha nomi] qatorini tanlash kerak.

    Download 2,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




    Download 2,01 Mb.