• 9.2. Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish
  • Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet225/414
    Sana30.05.2024
    Hajmi5,77 Mb.
    #257728
    1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   414
    Bog'liq
    Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

    Google, 
    macOS, iOs, Yandex

    Microsoft
    lar haqida, balki yordamchi servislar
    ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash bilan shug’ullanadigan kompaniyalar, big 
    data va analitika bilan shug’ullanadigan kompaniyalar haqida ham ketmoqda. 
    Shunday qilib, sun’iy intellektni qo’llash bo’yicha jahon miqyosida bir qancha 
    yillarga davom etadigan trend hosil bo’lgan va bu sohaga investitsiya qilish 
    yaqin 15-20 yillar davomida foydali bo’lib qoladi. Shuning uchun ham yaqin 
    yillarda meditsina, kosmonavtika, iqtisodiyot, robotlashtirish, transport va 
    boshqa soxalarda sun’iy intellektning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga guvoh 
    bo’lishimiz mumkin.
    9.2. Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish 
    Globallashuv jarayonlarining oxirgi qisqa davrida asosiy harakatlantiruvchi 
    mexanizmlaridan biri bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 
    davr talabiga mos keluvchi yangi yo‘nalishdagi raqamli texnologiyalar 
    yaratilmoqda. Bu texnologiyalar kompyuter tarmoqlari klassik modellaridan 


    331 
    yetarlicha darajada farq qilishi bilan birgalikda, ayrim hollarda aynan o‘xshash 
    tamoyillar asosida ish yuritadi. Bulutli hisoblash texnologiyalari g‘oyasi o‘tgan 
    asrning oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lsada, raqamli elektron aloqa vositalarining 
    shiddat bilan rivojlanib borishi va elektron tizimlar foydalanuvchilarining talablari 
    uzluksiz o‘sib borishi natijasida 2007-2008 yillardan boshlab ommaviylashib, 
    tezkorlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tdi. Bulutli hisoblash (ingl. 
    Cloud 
    computing
    ) odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini masofaviy 
    internet elektron xizmati ko‘rinishida taqdim etadi. Shunday yo‘l bilan 
    foydalanuvchiga “virtual” ko‘rinishdagi hisoblash resurslari taqdim etiladi va 
    foydalanuvchi o‘zining masalalariga qanday kompyuter qanday qilib ishlov 
    berayotganligi, xamda bu ish qanday turdagi operatsion tizim boshqaruvida amalga 
    oshiralayotganligi kabi bir qancha savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida, 
    bu savollarga javob izlashning zarurati xam bo‘lmaydi. Ish yuritilishida 
    o‘xshashlik va umumiylikni topgan xolda bulutli texnologiyalarni “
    meynfrem
    ” 
    texnologiyalar (
    mainframe
    ) bilan taqqoslash mumkin. Ammo “bulut”ning 

    meynfrem
    ”dan tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqlari mavjud, xususan, “bulut” 
    hisoblash quvvatlarining nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Dastlab vujudga 
    kelgan bo‘lgan raqamli ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari orasida grid-
    hisoblash birmuncha keng tarqalgan edi. Dastlabki davrda bu yo‘nalish texnik 
    vosita protsessorining bo‘sh turgan resurslaridan unumli foydalanish va hisoblash 
    quvvatlarini ixtiyoriy ravishda ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati 
    sifatida qaralgan edi. Grid-hisoblash xamda bulutli hisoblash arxitekturasi 
    qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra xam bir qancha o‘xshash jihatlarga ega. Shu 
    bilan bir vaqtda, masofaviy hisoblash resurslaridan foydalanish uchun yetarlicha 
    moslashuvchan platformaga ega bo‘lganligi tufayli, bulutli hisoblash modeli eng 
    istiqbolli texnologiya deb tan olingan. Hozirgi kunda yirik bulutli hisoblashlar 
    ma’lumotlarga ishlov berish markazlariga joylashgan minglab serverlardan tashkil 
    topadi. Ular bir vaqtning o‘zida millionlab foydalanuvchini minglab ilova va 
    resurlar bilan ta’minlab beradilar. Xususiy kompaniyalarga katta kompyuterlar
    ERP

    CRM
    yoki boshqa turdagi qo‘shimcha qurilmalar sotib olish xamda sozlashni 


    332 
    talab etuvchi turli serverlarni saqlab turish o‘ta qimmatga tushib ketadi va shuning 
    uchun xam korxonalar uchun bulutli texnologiyalardan foydalanish juda qulay 
    raqamli elektron vosita hisoblanadi. Individual foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining 
    qulayligiga ko‘ra 

    Download 5,77 Mb.
    1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   414




    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma

    Download 5,77 Mb.
    Pdf ko'rish